Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tennis: Rahimova va Timofeyevadan keyin Kudermetova ham O‘zbekistonga o‘tdi
Rossiyalik tennischi Polina Kudermetova sport fuqaroligini o‘zgartirib, endi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Bundan oldin uning bir necha hamkasblari O‘zbekiston bayrog‘i ostiga o‘tgan edi.
Polina Kudermetova / Foto: Clive Brunskill/Getty Images
Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) saytidagi sportchining profaylida endi u O‘zbekiston vakili sifatida qayd etilgan. Biroq Kudermetovaning o‘zi fuqarolikni o‘zgartirgani haqida omma oldida bayonot bermagan.
Hozirda 22 yoshli tennischi WTA reytingida 104-o‘rinni egallab turibdi. Kudermetova yirik xalqaro turnirlarda Rossiya nomi bilan ishtirok etmagan, ammo endilikda u O‘zbekiston nomidan Olimpiada hamda jamoaviy jahon chempionati — Billie Jean King Cup musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Avvalroq rossiyalik tennischi Kamilla Rahimova ham O‘zbekiston bayrog‘i ostiga o‘tgan edi.
Shuningdek, rossiyalik tennischi Mariya Timofeyeva ham sport fuqaroligini o‘zgartirgan.
Bundan tashqari, Rossiyadan bo‘lgan 15 yoshli Aleksandra Barmicheva ham O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda. W15 Tashkent 2025 turnirida u eng yosh ishtirokchi bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:35 / 23.03.2026
Xitoyda robot tennis o‘ynashni o‘rgandi: u 96 foiz aniqlik bilan zarbalarni qaytarmoqda
01:22 / 19.01.2026
Vinus Uilyams Australian Open rekordini o‘rnatdi
19:00 / 08.12.2025
O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan rossiyalik tennischi WTA 125 turniri g‘olibi bo‘ldi
18:18 / 21.10.2025