Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Bog‘cha bolalari ochiq havoda ustilaridan sovuq suv quyishadi

O‘sh shahrida 30 yildan buyon 61-sonli «Ak Karkira» bolalar munitsipal bog‘chasi faoliyat ko‘rsatib keladi. Bu yerda bolalarni chiniqtirish uchun valeologik ta'lim-tarbiyaga tayaniladi - ochiq havoda boshdan sovuq suv quyish. Bu haqida Turmush nashrida maqola chop etildi.
Bolalar bog‘chasi rahbari Alevtina Tovtamishning ma'lum qilishicha, bolalar bog‘chasida taxminan 700 nafar bola tarbiyalanadi - yasli gruppadan tortib to maktabga tayyorlov guruhigacha. Sovuq suv quyish amaliyoti bolalarni sog‘lom hayot tarziga jalb qilishning bir usulidir.

"Ustidan sovuq suv quyadigan bolalar kamroq shamollaydi. Bundan tashqari, bolajonlarimiz turli giyohlardan damlangan fitochoy ichishadi. Dorivor o‘simliklar bahorgi-yozgi mavsumda bog‘cha hududidan terib olinadi. Ba'zi giyohlar esa xarid qilinadi. Bolalar bog‘cha tarbiyachilari bilan birgalikda darmondorilarga boy yalpiz va na'matak terishadi. Ota-onalar bizning sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi va salomatlikni mustahkamlovchi usullarimizni qo‘llab-quvvatlashadi", - dedi u.

Bundan tashqari, bolalar bog‘chasida qishki bog‘ mavjud. Bu yerda bolalar o‘simliklar va gullarni parvarish qilishadi.
"Qishki bog‘ - bolalarning eng sevimli joylaridan biri. Ular bu yerda rasm chizib, turli o‘yinlar o‘ynashlari mumkin. Ba'zi o‘quv mashg‘ulotlarimiz ham shu yerda o‘tadi. Bolalar o‘simliklar ishlab chiqaruvchi kisloroddan nafas olishadi. Bu sog‘liq uchun juda foydali. Shu bilan birga bolalar bog‘cha opalari bilan o‘simliklarni parvarish qilishadi, ularga suv quyishadi, barglarini changlardan tozalashadi. Bolalarni tabiatni ardoqlashga o‘rgatish juda muhim", - dedi A.Tovmash.

Bolalar bog‘chasida qiziqishlarga ko‘ra bir qator to‘garaklar bor. Masalan, gimnastika, raqs, qirg‘iz milliy an'analari, davlat tili, rus hamda ingliz tillari va boshqalar.
Mavzuga oid
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
18:20 / 30.03.2026
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
15:56 / 25.03.2026