Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smart kassalar o‘rnatishda tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi
Foto: tehpos.ru
Joriy yilda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishga o‘tgan tadbirkorlik sub'yektlari uchun uni xarid qilish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar summasini keyingi soliq to‘lovi hisobidan kamaytirish huquqi berildi. Bunda kamaytirish miqdori (summasi) bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmasligi kerak. Mazkur imtiyoz faqat 2021 yil 1 yanvargacha amal qiladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi xabar bermoqda.
Onlayn nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassalar, ya'ni smart kassalar xizmati tufayli nazorat-kassa daftarini yuritishga, ish kuni oxirida har bir nazorat kassa mashinasi bo‘yicha kunlik hisobotni chiqarib olish zarurat qolmaydi. Naqd pul tushumi miqdoridan qat'i nazar uni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali tadbirkorlik sub'yektlari o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega bo‘ladi. Sotuvlar tarixini yaratish, kassir-xodimlarni nazorat qilish kabi vazifalarni ham onlayn-NKM va virtual kassalar bajaradi.
Smart kassalarda naqd pul yoki plastik kartalar orqali amalga oshirilgan har bir hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma'lumotlar soliq to‘lovchining “shaxsiy kabinet”ida shakllanadi. Bu bilan tadbirkorlik sub'yekti har bir shoxobchalarning kassalari kesimida kunlik, oylik va yillik realizatsiya ma'lumotlarini shakllantira olishi mumkin.
Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Virtual kassa” dasturiy mahsuloti tadbirkorlik sub'yektlariga bepul taqdim etiladi. Unga ega bo‘lish uchun tadbirkorlik sub'yektlari virtual kassa dasturiy mahsulotiga texnik xizmat ko‘rsatuvchi “Soliq Servis” DUK bilan o‘zaro shartnoma imzolaydi. Bunda fiskal modul va unga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun amalga oshirilgan bir yillik to‘lov (bazaviy hisoblash miqdorning bir barobari – 223 ming so‘m) to‘lanadi. Shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (ijara shartnomasi yoki kadastr hujjati) taqdim etilishi lozim.
2020 yil 1 avgustgacha 20 000ta tadbirkorlik sub'yekti onlayn-NKM va virtual kassalar tizimiga o‘tishi kutilmoqda. Ayni vaqtda respublika bo‘yicha 20,950dan ortiq tadbirkorlik sub'yekti onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanmoqda. Bu ko‘rsatkich asosan alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, avtomobillarga benzin, dizel va gaz yoqilg‘isi quyish savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlariga taalluqli. Chunki qonunchilikka ko‘ra, joriy yil boshidan aynan mana shu yo‘nalishlardagi tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga onlayn-NKM yoki virtual kassalar tatbiq etilmoqda.
O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik tushumi besh milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub'yektlari shu yilning 1 avgustidan mazkur yangi tizimga o‘tadi. Yil yakunlari bo‘yicha yillik tushumi yuz million so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga esa 2021 yil 1 yanvardan joriy etiladi. Qolgan barcha tadbirkorlik sub'yektlari uchun bu muddat 2022 yil 1 yanvar etib qat'iy belgilangan.
Mavzuga oid
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
20:30 / 09.04.2026
Soxta imzo, tasdig‘ini topgan jinoyat va nizoli garov: Toshkentda tadbirkor o‘zgalar qilmishini deb mulkidan ayrilib qolmoqda
11:47 / 09.04.2026