Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budanov tayinlovi AQShga ma’qul, Ukrainadagilar uni Zelenskiyning vorisi sifatida ko‘rmoqda
AQSh rasmiylari nuqtayi nazariga ko‘ra, Kirill Budanov Ukraina prezidenti ofisi rahbari lavozimiga tayinlanishi yaxshi tanlov bo‘ldi, deb yozadi The Washington Post gazetasi. Rossiya-Ukraina yo‘nalishidagi sobiq mulozimlardan biri nashrga anonimlik sharti bilan aytishicha, Ukraina harbiy razvedkasining sobiq rahbari Donald Tramp ma’muriyatidagi turli fraksiyalar vakillari orasida hurmat qozongan.
Agressiv va urushqoq odam sifatida tanilganiga qaramay, Budanov 2025 yil boshidagi tinchlik muzokaralarida ko‘zga ko‘rinmas, ammo muhim rol o‘ynadi, dedi jurnalistlar suhbatdoshi. «Siz haqiqatan ham urush qanday tugashi kerakligini muhokama qilganingizda, u, ehtimol, vaziyatga real qaraydigan va eng hushyor odamlardan biridir», – deydi u.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti ofisining avvalgi rahbari Andrey Yermak o‘z xatti-harakatlari bilan amerikalik hamkasblarida egosentrik odam sifatida taassurot qoldirgandi. «Ukraina manfaati uchun qayg‘urish o‘rniga, [Yermak] oxir-oqibat o‘zi va Zelenskiy manfaati uchun qayg‘urdi», – deya qo‘shimcha qildi u.
O‘z navbatida, Ukraina prezidenti jamoasidagi sobiq yuqori martabali amaldorning fikricha, Budanov Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ancha muhimroq shaxs edi. Biroq, bu o‘zgarish Zelenskiy ofis rahbaridan ko‘ra ko‘proq vitse-prezident roliga mos keladigan «Yermak uslubidagi yana bir kuchli odamni qidirayotgani»ni ko‘rsatadi.
The Washington Post nashri suhbatdoshining aytishicha, Budanov Yermakdan bir nechta muhim jihatlari bilan farq qiladi, jumladan, unda «voris bo‘lish imkoniyati bor». Ukrainalik sobiq mulozimning fikricha, Zelenskiy yangi muddatga nomzodini qo‘ymaslikka qaror qilgan, u «xavflarni hisoblab chiqqan va shunga rozi bo‘lgan» va hatto Budanovni «ayrim shaxsiy kafolatlar bilan „voris“ loyihasi sari birinchi qadam» sifatida ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, u bu kadrlar almashinuvidan «eng istiqbolli raqobatchisini yo‘ldan olish» uchun imkoniyat sifatida foydalanishi ham mumkin.
Mavzuga oid
08:19 / 02.04.2026
Tramp Kiyevga yordamni to‘xtatish bilan tahdid qildi
20:56 / 31.03.2026
Rossiya Ukrainaga Donbassdan qo‘shinlarini olib chiqish uchun ikki oy muhlat berdi – Zelenskiy
22:42 / 28.03.2026
Eron Dubaydagi “Ukraina ombori”ga zarba berganini ma’lum qildi
10:18 / 28.03.2026