O‘zbekiston | 18:00 / 27.12.2025
8495
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

HUAWEI kundalik sog‘liqni to‘liq nazorat qila oladigan aqlli soatni yaratdi

So‘nggi yillarda aqlli soatlar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylandi. Ular endi shunchaki gadjet emas - insonning sog‘lig‘i, uyqu sifati, jismoniy faolligi va kunlik ritmini boshqarishda muhim yordamchi bo‘lib xizmat qilmoqda. Aynan shunday ko‘p funksiyani o‘zida jamlagan HUAWEI WATCH GT 6 O‘zbekistonda taqdim etilib, texnologiya ixlosmandlarining e’tiborini tortdi.

Foto: HUAWEI

Shu seriyaning yana bir flagman modeli — HUAWEI WATCH GT 6 Pro — yanada mustahkam korpus, yuqori darajadagi avtonomlik va kengaytirilgan sog‘liq monitoringi funksiyalari bilan ajralib turadi. Pro versiyasida o‘rnatilgan sensorlar aniqlik darajasini oshirgan, korpus materiallari esa uni faol hayot tarzida foydalanish uchun yanada barqaror qiladi. HUAWEI WATCH GT 6 Pro professional sport rejimlarida ham yuqoriroq natija beradi va uzoq muddatli batareya zaxirasiga ega.

HUAWEI birinchi navbatda sog‘liq monitoringiga katta urg‘u beruvchi kompaniya sifatida tanilgan. HUAWEI WATCH GT 6 modelining eng katta afzalligi — uning ilmiy asoslangan sog‘liq tahlili imkoniyatlarida hisoblanadi. Aqlli soat 7 ta Xitoy tibbiy sertifikatiga ega bo‘lib, 13 davlat va hududda tibbiy qurilma sifatida tasdiqlangan. Shuningdek, kompaniya dunyo bo‘ylab 160 dan ortiq tibbiy tashkilot bilan hamkorlik qiladi va sog‘liq monitoringi bo‘yicha 17 million foydalanuvchi ishtirok etgan tadqiqotlar bazasiga ega. Ushbu ko‘rsatkichlar WATCH GT 6’ni oddiy smart soatdan ko‘ra, sog‘liq nazorati bo‘yicha ishonchli platforma sifatida ajratib turadi.

HUAWEI WATCH GT 6 kun davomida foydalanuvchining yurak urish tezligi, qon tarkibidagi kislorod miqdori, uyqu fazalari va sifati, stress darajasi kabi asosiy ko‘rsatkichlarini kuzatib boradi. Ayollar salomatligi uchun kengaytirilgan monitoring tizimi mavjud bo‘lib, ona-bola salomatligini tahlil qilish imkonini ham beradi.

Sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun 100 dan ortiq professional va havaskor treking rejimlari mavjud. Soat yugurishdan tortib suzish, velosport va tog‘ yo‘nalishlarigacha bo‘lgan sport turlarini aniq qayd etadi. Uzoq muddatli batareya zaxirasi esa 21 kun davomida ushbu funksiyalardan qulay foydalanish imkonini beradi.

HUAWEI WATCH GT 6 Pro versiyasida esa batareya yanada uzoq xizmat qiladi, dinamik GPS aniqligi oshirilgan va korpusda yuqori darajadagi himoya elementlari qo‘llangan. Bu modelni ekstremal sport, sayohat va faol foydalanish uchun yanada ishonchli qiladi.

HUAWEI WATCH GT 6 tashqi ko‘rinishi bilan ham ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Uning kattaroq displeyi, qulay korpusi, oson boshqariladigan va yuqori yorqinlikka ega interfeysi uni kundalik hayotda, ish jarayonida ham qulay foydalanish imkonini yaratadi. Aqlli soatning sport uchun mos texnologiyalarni estetik shaklda taqdim etishi esa uni boshqa qurilmalardan ajratib turadi.

HUAWEI WATCH GT 6 O‘zbekistonda allaqachon rasmiy savdoga chiqarilgan. Qurilmani HUAWEI Brand Shop — Afrosiyob ko‘chasi 28/14 manzilidan xarid qilish mumkin. Viloyatlarda yashovchilar mahsulotni Huawei’ning rasmiy sahifalari orqali buyurtma berishi mumkin.

Qisqa qilib aytganda, HUAWEI WATCH GT 6 va HUAWEI WATCH GT 6 Pro doimo yoningizda bo‘lib, sog‘lig‘ingizni nazoratda ushlab turishingizga yordam beradi. Shu bilan birga, u kundalik hayot ritmini boshqarishda qulaylik yaratadi, foydalanuvchiga o‘zini yanada erkin va ishonchli his qilish imkonini beradi.

Rasmiy sahifalar:

 TG: https://t.me/HuaweiMobileUz

 IG: https://www.instagram.com/huaweimobileuz

 Web: https://consumer.huawei.com/uz/

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid