Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HUAWEI nova 14 va nova 14 Pro: texnologiya va hayot o‘rtasidagi muvozanat
Bugun telefon tanlash - kiyim tanlashdek shaxsiy masala. Kimdir kuchli kamera izlaydi, kimdir quvvatga e’tibor beradi, kimdir esa shunchaki ishonchli hamroh so‘raydi. HUAWEI yangi nova 14 va nova 14 Pro modellarida aynan shu uchala ehtiyojni bitta tanada jamlagan.
Foto: HUAWEI
HUAWEI nova 14 — soddaligi bilan jozibador. 6,7 dyuymli OLED ekran tiniq, 120 Hz yangilanish chastotasi esa barmoq harakatlarini ipdek silliq qiladi. Korpus yengil, ushlash qulay, ranglar esa yorug‘likda o‘zgarib turadi. Dizaynda ortiqcha bezak yo‘q, ammo har bir detal e’tibor bilan ishlangan.
50 MP asosiy kamera, 12 MP telefoto va 8 MP ultra-keng linza — bu kombinatsiya har kuni sifatli surat olish uchun yetarli. Instagram, vlog yoki oddiy esdalik uchun — natija doim tiniq va tabiiy.
Ichkarida Kirin 8000 chipi joylashgan. U energiyani tejamkor ishlatiladi, ortiqcha qizishsiz barqarorlik beradi. 5500 mAh batareya kun bo‘yi yetadi, 100 W tezkor quvvat esa atigi yarim soatda to‘liq zaryad beradi.
HUAWEI nova 14 — kundalik hayotda tinchlikni qadrlaydiganlar uchun ayni mos.

HUAWEI nova 14 Pro esa o‘zini yashirmaydi — u e’tiborni jalb etadi. 6,78 dyuymli LTPO OLED ekran — flagmanlarga xos tiniqlikda, 1 dan 120 Hz gacha adaptiv yangilanish bilan. Yorqinlik baland, ranglar to‘yingan, ekran chetlari egilgan — telefonni har safar yoqsangiz, go‘yo kinokartinani ochgandek bo‘lasiz.
Kamera esa boshqa mavzu. 50 MP asosiy sensor o‘zgaruvchan diafragma bilan (f/1.4–f/4) turli yorug‘likda mukammal natija beradi. Portretlar tabiiy, tungi suratlar esa tiniq chiqadi. 50 MP old kamera bilan selfilar ham flagman darajasidagiday chiqadi.
Ichki tizim — Kirin 8000, 12 GB RAM va 512 GB xotira. 5500 mAh batareya va 100 W tezkor quvvat — telefonni 25 daqiqada to‘liq zaryadlash mumkin.
HUAWEI nova 14 Pro — ijodkorlar, vlogerlar va vizual ifodaga ahamiyat beradigan foydalanuvchilar uchun.

HUAWEI nova 14 va nova 14 Pro — bir oilaning ikki yo‘nalishi. Biri hayotni soddalikda ko‘radi, boshqasi esa tafsilotlarda go‘zallik izlaydi.
Toshkent shahri Afrosiyob ko‘chasi 28/14 manzilida joylashgan HUAWEI Brend Shop’ida va HUAWEI’ning O‘zbekiston bo‘yicha rasmiy hamkor do‘konlari orqali butun respublika bo‘ylab xarid qilish mumkin.
Ma’lumotlarni esa kompaniyaning quyidagi rasmiy sahifalaridan topish mumkin:
Telegram: @HuaweiMobileUz
Instagram: @huaweimobileuz
Veb-sayt: consumer.huawei.com/uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 31.10.2025
HUAWEI Pura 80 seriyasi - Innovatsiya va estetikaning yangi avlodi
19:00 / 18.09.2025
HUAWEI Mate XT: Uch buklanadigan smartfon O‘zbekiston bozorida
19:00 / 13.04.2025
HUAWEI nova 13 seriyasi: Zamonaviy foydalanuvchilar uchun ideal smartfon
17:21 / 14.12.2024