Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining xabar berishicha, hodisa 30 mart kuni soat 16:11 larda Xo‘jaobod tumani “Sanoatchilar” MFY hududidan o‘tgan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Foto: Videodan kadr
“Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi svetofor bilan tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 2009 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Ta’kidlanishicha, bola tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Uning ahvoli haqida batafsil ma’lumot keltirilmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan mazkur YTH videosida bola svetoforning yashil chirog‘ida yo‘lni kesib o‘tayotganligi ko‘rinadi.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani qayd etilgan.
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
09:23 / 24.03.2026