Jahon | 14:30 / 16.08.2017
7389
2 daqiqa o‘qiladi

NAFTA​'dagi holat o‘zgarib ketishi mumkin

Bugun, chorshanba kuni Meksika, AQSh va Kanada vakillari "Shimoliy Amerika erkin savdo shartnomasi" (NAFTA​) faoliyatini isloh qilish va qo‘shimchalar kiritish borasida uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bundan avval, AQSh prezidenti ma'muriyati tomonidan taklif qilingan "Amerika birinchi" tajribasi shimol va janubdagi qo‘shni mamlakat rasmiylari tomonidan qanday qarshi olinishi noma'lum bo‘lib qolmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp mazkur shartnoma oqibatida ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari arzon ishchi kuchi ko‘p bo‘lgan Meksikaga ko‘chib o‘tayotganligidan norozi bo‘lgan. Uning fikricha, yangi tajribani joriy etish milliy iqtisodiyotni tashqi xavfdan qutqarib qoladi.

U o‘zining prezidentlik saylovoldi kampaniyasi davomida barcha targ‘ibot nutqlarida savdo munosabatlari va ishchi o‘rni to‘g‘risida ko‘p gapirgan edi. Shunday qilib, lavozimiga kirishgan oyning o‘zida Trans-Tinch okeani savdo hamkorligidan chiqishi e'lon qildi, tez orada Xitoy valyutasi hamda NAFTA haqida ham salbiy fikrlar bildira boshladi.

1994 yil ilk bor amaliyotga kiritilgan NAFTA oqibatida Kanada-AQSh-Meksikaning umumiy savdo aylanmasi to‘rt barobarga oshib, 2015 yilda bu ko‘rsatkich 1 trillion AQSh dollariga teng bo‘lgan. Ushbu shartnoma tuzilgan payt iqtisodiy manfaatlar siyosiy xohish-istak uchun xizmat qilish ayon edi, ammo hozirgi davrga kelib, birinchi o‘rinda iqtisodiy manfaat ustun bo‘lib qoldi.

Mavzuga oid