Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: AQSh “Tinchlik kengashi”ni Ukrainada ham qo‘llash haqida o‘ylamoqda
AQShda G‘azo sektori uchun tuzilgan “Tinchlik kengashi”ning faoliyatini Venesuela, Ukraina va boshqa inqirozli hududlarga ham kengaytirish taklif qilinmoqda, deb xabar berdi FT manbalari.
AQSh prezidenti Donald Tramp rahbarligidagi va G‘azo sektori uchun mo‘ljallangan tinchlik rejasini hayotga tatbiq etish maqsadida tuzilgan “Tinchlik kengashi”ning amal qilish doirasini Ukraina, Venesuela va dunyodagi boshqa inqirozli mintaqalarga ham kengaytirishni amerikalik amaldorlar taklif qilmoqda. Bu haqda Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi manbalarga tayanib juma kuni, 16 yanvarda yozdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, tegishli reja 20 yanvar kuni ochiladigan Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi (JIF)da taqdim etilishi mumkin.
FT bilan 16 yanvar kuni suhbatda ismi oshkor etilmagan AQSh amaldori aytishicha, hozirgi bosqichda Tramp nazoratidagi “Tinchlik kengashi” Falastin-Isroil ziddiyatiga — G‘azo sektoridagi mojaroga e’tiborni jamlashi va boshqa yo‘nalishlarga kengaytirilmasligi kerak.
Shunga qaramay, maqolada aytilishicha, g‘arb va arab diplomatlari bunday istiqbol tufayli xavotir bildirmoqda. Xususan, ular “Tinchlik kengashi” BMT bilan parallel ishlaydigan qandaydir alohida tuzilmaga aylanib qolishidan qo‘rqmoqda.
Shu tariqa, diplomatik manbalar FT’ga AQSh amaldorlari “Tinchlik kengashi” faoliyatini Venesuelaga ham tatbiq etishni taklif qilganini aytgan. Venesuela AQSh armiyasi ushbu mamlakat rahbari Nikolas Maduroni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazganidan beri inqiroz holatida ekani ta’kidlanadi.
Ukraina masalasida esa, FT’ga AQSh bilan muzokaralarda qatnashayotgan Kiyevning yuqori lavozimli amaldori aytishicha, Tramp rahbarligidagi alohida “Tinchlik kengashi” Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga barham berish bo‘yicha takliflarning muhim qismi hisoblanadi. “Hozirda bu kengashni aynan Ukraina-Rossiya masalasini hal qilish uchun maxsus tuzish taklif qilinmoqda”, — deya FT suhbatdoshidan iqtibos keltiradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uchun mo‘ljallangan “Tinchlik kengashi” tarkibiga Ukraina, Rossiya, Yevropa va NATO vakillari kirishi va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy “90 foizga tayyor” deb atayotgan 20 bandli tinchlik rejasining bajarilishini nazorat qilishi mumkin.
Shu bilan birga, Moskva o‘z talablaridan voz kechishga tayyor emas. Tomonlar o‘rtasida haligacha murosa topilmagan masalalardan biri — Ukrainaning ehtimoliy hududiy yon bosishi. Kiyev buni maqbul deb hisoblamaydi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
13:33 / 17.06.2026