O‘zbekiston | 10:02 / 26.05.2025
6366
1 daqiqa o‘qiladi

Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Italiya hukumati sayti xabar berdi. Uchrashuvlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avvalroq Jorja Melonining 25-26 aprel kunlari O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifi Rim papasining vafoti sabab kechiktirilgan edi.

U 25-26 aprel kunlari O‘zbekistonda, 26-27 aprel kunlari esa Qozog‘istonda bo‘lishi, ikki davlatga rasmiy safardan tashqari bugun Italiya–Markaziy Osiyo sammitida qatnashishi kerak edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yilning iyun oyida Italiyaga safari doirasida prezident Serjio Mattarella, bosh vazir Jorja Meloni bilan uchrashib, muzokara o‘tkazgandi. O‘sha tashrif doirasida O‘zbekiston va Italiya rasman strategik sheriklarga aylangan. 

2023 yilning noyabr oyida esa Italiya prezidenti javob tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. 

Mavzuga oid