Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda qisqa fursatga to‘xtagan Jorja Meloni bilan uchrashdi
Italiya bosh vaziri bilan strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
19 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkentda qisqa fursatga to‘xtagan Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashdi.
O‘zbekiston – Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
2025 yilning may oyida Samarqandda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Turli darajalarda faol muloqotlar davom etmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi va qo‘shma korxonalarning soni barqaror o‘sib bormoqda. Hududlararo, shu jumladan, Lombardiya bilan almashinuvlar rivojlanmoqda. O‘zbekiston fuqarolarining tartibli mehnat migratsiyasi uchun kvotalar ajratildi.
“Finopera”, “ANCI”, “Pietro Fiorentini”, “Danieli” va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda yirik sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda. O‘tgan yil oxirida Samarqandda Tushia universitetining filiali ochildi.
Joriy yilda tashqi siyosat idoralari strategik muloqoti va hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishlari, shuningdek, ikkinchi Rektorlar forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.


To‘qimachilik sanoati, geologiya, energetika, kimyo, qurilish materiallari, moliya bozori va boshqa ustuvor sohalardagi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi. Italiyada O‘zbekiston, O‘zbekistonda esa Italiya kinosi kunlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. O‘zbekistonning navbatdagi Venetsiya biyennalesida ishtirok etishi hamda bu yil Milanda amaliy san’at va muzey ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Italiya bosh vazirini O‘zbekistonga alohida tashrif bilan kelishga taklif qildi.
Mavzuga oid
21:33 / 31.03.2026
Italiya AQShning Yaqin Sharqqa uchayotgan samolyotlari Sitsiliyaga qo‘nishiga ruxsat bermadi
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
10:21 / 26.03.2026
Italiya o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishga qabul qiladi
21:59 / 24.03.2026