Kastrolarsiz Kuba: Endi Ozodlik orolida islohotlar böladimi?
|06:00 / 20.04.201814 0057 min
Raul Kastro Kuba rahbarligidan ketişi - mamlakatni qariyb 60 yil boşqargan aka-uka Kastrolar erasi yakunlanganining ifodasidir. Ammo hozirça kardinal özgarişlar kutiş kerakmi?
Foto: AFP Photo/HO
Payşanba kuni Kuba parlamenti sobiq vitse-prezident Migel Dias-Kanel mamlakat prezidenti etib saylanganini e'lon qildi. U bu lavozim uçun yagona nomzod edi.
Sobiq Ittifoq davrida va Kuba matbuotida Ozodlik oroli deya ta'riflangan Kubada Kastrolar erasi yakunlandi - 1959 yildan buyon Kuba davlatiga Kastrolar oilasiga mansub bölmagan kişi rahbar böldi.
Şu bilan birga kiçik Kastroning ketişi faqat ramziy xarakterga ega - u 2021 yilga qadar kommunistlar partiyasi rahbari bölib qolaveradi, yangi prezident ham uşbu partiya a'zosi.
Islohotlar böladimi?
Foto: GETTY IMAGES
Ayrim kubaliklar Kastroning ketişi ortidan mamlakatda islohotlar şamoli esa boşlaşiga umid qilişmoqda. Ammo unutmaslik kerakki, Dias-Kanel marksist-leninist va texnokrat, u mavjud tartibni özgartirişni istaşiga işoniş qiyin.
Dias-Kanel ançagina yoş - u 20 aprel kuni 58 yoşga töladi, u diktator Batista ağdarilişi va Fidel Kastro hokimiyatga kelişidan keyin tuğilgan.
Yana şuni unutmaslik lozimki, Raul Kastro yaqin 3 yil içida mamlakatdagi eng katta ta'sirga ega siyosiy lavozimda - Kompartiya boş kotibi lavozimida qoladi.
Bu ança zalvorli post, prezidentlikdan ham köra. Partiyaning eng yuqori çöqqisidagilar eng muhim iqtisodiy, ijtimoiy va taşqi siyosat böyiça qarorlarni qabul qiladi, prezident esa bu qarorlarni bajarişi şart. Şu tufayli darhol Dias-Kanel keskin özgarişlar qilişini kutiş qiyin.
Aka-uka Kastrolar bilan yangi prezident örtasida ayrim farqlar ham bor.
Masalan, Dias-Kanel heç qaçon armiyada xizmat qilmagan va aka-uka Kastrolardan farqli ravişda omma oldida harbiy libosda emas, oddiy guayabereda - ziğirakdan töqilgan yengsiz köylakda namoyon böladi.
Mavzuga oid
Foto: GETTY IMAGES
Köpçilik vatandoşlari kabi Dias-Kanel ham Kastrolardan boşqa rahbarlarni körmagan.
Ötiş davri
Kuba aholisining 80 foizi Fidel Kastro hokimiyat tepasiga kelgan 1959 yildan keyin tuğilgan
Foto: GETTY IMAGES
2011 yilda Kubada partiya rahbarligi va prezidentlik lavozimi uçun ikkita beş yillik muhlat belgilab qöyildi.
«Dias-Kanel kimmi? Faqat vaqt ötib bilib olamiz», deydi kubalik sobiq diplomat Karlos Alzugaray.
11,5 million kubalik prezidentni saylamadi. Uni Milliy assambleya - Kuba parlamentining 605 nafar a'zosi sayladi.
Migel-Dias yangi prezidentlik lavozimi uçun yagona nomzod edi.
Kubada bir partiyali tizim, davlat organlari rahbarligi uçun saylovlarda nomzodlar şaxsiy sifatlari, vatanparvarligi, axloqiy prinsiplari va siyosiy faolligiga köra saralanadi.
Kelajak muammolari
SSSR qulagaç, Kubadagi iqtisodiy holat orqaga ketdi
Foto: GETTY IMAGES
Kubaning yangi rahbaridan köplab murakkab muammolarni, jumladan, iqtisodiy muammolarni hal qiliş talab etiladi.
SSSR qulab, iqtisodiy kömak töxtagaç, 1991 yildan keyin Kuba oğir iqtisodiy inqirozga uçradi va bu holat hamon önglanmay qolmoqda.
1994 yilda Fidel Kastro mamlakatda dollar bilan muomala qilişga ruxsat berdi, ammo kubalik muhojirlar xorijdan mablağ jönatişi nazarda tutilib joriy etilgan bu amaliyot oxir-oqibatda ijtimoiy tengsizlikni yuzaga keltirdi.
Kubada istalgan radikal iqtisodiy islohotlar partiya doiralari nayzasiga duç keladi.
Gigant qöşnilar soyasida
Obama 2016 yida Havanaga tarixiy taşrifni amalga oşirgandi, ammo uning taşabbuslari Tramp tomonidan yöqqa çiqarildi
GETTY IMAGES
Kastroning izdoşi siyosiy mahbuslar muammosi va inson huquqlari masalalari bilan ham töqnaş keladi. Bu boradagi rasmiy tarğibotlar amaldagi holatga teskaridir.
Şuningdek, Qöşma ştatlar bilan munosabatlarda ham hal qilinmay turgan muammolar mavjud. Barak Obama taşabbus körsatib, 2016 yil martida Kubaga taşrif buyurgan bölsada, Vaşington hamon 1961 yilda uşbu mamlakatga qöllangan sanksiyalarni bekor qilmayapti.
Donald Tramp ma'muriyati Obamaning Kuba hukumati bilan erişgan kelişuvlarini butunlay inkor qilgan.
AQŞ va Kuba örtasidagi munosabatlar Havanadagi Amerika elçixonasining 24 xodimi asab tizimi akustik simptomlar alomati bilan evakuatsiya qilingaç, yana boşi berk köçaga kirib qolgan.
Lotin Amerikasi böyiça Vaşington ilmiy fondidagilarning hisoblaşiça esa, Kastroning ketişi AQŞ bilan muloqotda yangi istiqbollar eşigini oçadi.
«Geografik yaqinlikni e'tiborga olgan holda Qöşma ştatlar Migel Dias-Kanel yangi lavozimga kirişişi zahoti Kuba bilan munosabatlarni mustahkamlaşga kirişişi kerak. Agar bunday bölmasa, AQŞning milliy manfaatlari tahdid ostida qoladi, umumiy manfaatlardagi muhim sohalar kelajagi söroq ostida qoladi», deyilgan fond bayonotida.
Tarjimai hol
Migel Mario Dias-Kanel Bermudes (Miguel Mario Díaz-Canel Bermúdez) 1960 yilning 20 aprelida Vilya-Klara provinsiyasida tuğilgan.
Foto: AFP Photo/Anella RETA
1982 yilda Santa-Klaradagi Las-Vilyas "Marta Abreu" Markaziy universitetida (Universidad Central "Marta Abreu" de Las Villas) muhandis-elektronik diplomini olgan. Universitetni tamomlagaç, Kuba Inqilobi qurolli kuçlari (Fuerzas Armadas Revolucionarias de Cuba) safiga kirgan, 1982 yildan 1985 yilgaça armiya xizmatida bölgan.
1985 yilda özi öqigan universitetda professor bölgan.
1986 yilda Yoş Kommunistlar ittifoqi (Unión de Jóvenes Comunistas, SMK) a'zosiga aylangan. Şu yili ittifoqning Vilya-Klaredagi hududiy qömitasining mafkuraviy byurosi a'zoligiga tayinlangan.
1987 yilda Migel Dias-Kanel xalqaro missiya tarkibida Nikaraguaga yuborilgan, u yerda ittifoq bölimi kotibi sifatida faoliyat yuritgan.
1989 yildan 1990 yilgaça ittifoqning Villa-Klaredagi hududiy qömitasida ikkinçi kotib sifatida işlagan, 1990 yildan 1992 yilgaça — uşbu siyosiy taşkilotning birinçi kotibi bölgan.
1992 yildan 1993 yilgaça Yoş Kommunistlar ittifoqi Milliy byurosi a'zosi bölgan.
1993 yilda ittifoq milliy qömitasining ikkinçi kotibiga aylangan. Keyin Kommunistik partiyaning Villa-Klaredagi qömitasi ijro byurosi a'zosi etib saylangan, turizm, transport, aloqa va sud organlari masalalari bilan şuğullangan.
1994-2003 yillarda Kommunistik partiyaning Villa-Klaredagi qömitasining birinçi kotibi, partiya Markaziy qömitasi a'zosi bölgan.
2003 yildan 2010 yilgaça Olgin provinsiyasida Kommunistik partiya qömitasi birinçi kotibi lavozimini egallagan, partiya siyosiy byurosi a'zosi bölgan.
2009 yil mayidan 2012 yil martigaça Kuba oliy ta'lim vaziri bölgan.
2012 yil martidan Kuba Ta'lim, fan, madaniyat va sport masalalari böyiça Vazirlar kengaşi raisi örinbosari lavozimini egallagan.
2013 yil 23 fevralida Kuba Davlat kengaşi va Vazirlar kengaşi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.