Kuba böylab elektr ta’minotidagi ommaviy uzilişlarga qarşi norozilik namoyişlaridan söng Havanada, şuningdek, Mayabeke va Sego-de-Avila provinsiyalarida «hujum qiliş, jamoat tartibini buziş va zarar yetkaziş» ayblovlari bilan jinoiy işlar oçildi. Bu holatlar haqida 9 noyabr, şanba kuni Kuba Boş prokuraturasi xabar berdi.

Unga köra, ayblanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov ma’lumotlariga qaraganda, ular bir qator hududlarda hukumat amaldorlari va inspektorlarga qarşi «bosqinçilik harakatlari»da iştirok etgan, bu esa «jarohatlar va tartib buzilişi»ga olib kelgan.

Rasmiylar ayblanuvçilar sonini e’lon qilmagan.

Kubaning turli mintaqalarida hibsga olişlar

Justicia 11J inson huquqlari guruhi Havana şarqidagi Guanabakoada tinç namoyişlar ortidan öndan ortiq hibsga olingani haqida xabar berdi. Florida ştatining Mayami şahridagi Cubalex nodavlat taşkiloti Kubaning markaziy mintaqasidagi Enkrusixada şahrida sakkiz kişi hibsga olingani haqida ma’lum qildi.

Avvalroq, 18 oktyabr kuni Antonio Guiteras issiqlik elektr stansiyasidagi nosozlik tufayli butun mamlakat böylab elektr ta’minotida katta uzilişlar yuz bergani ma’lum bölgan edi. Ertasi kuni takroriy avariya natijasida yana bir qator uzilişlar sodir böldi.

Kuba boş vaziri Manuel Marrero telemurojaatida mavjud vaziyatni «qiyin» deb atadi. Uning sözlariga köra, avariyalar sababi, birinçi navbatda, yonilği yetişmasligi va eski elektr stansiyalarining nosozliklaridir. Öşa vaqt oraliğida va butun mamlakat böylab uzilişlardan oldin mamlakatning ba’zi hududlarida kuniga 12 soatdan köproq elektr ta’minoti öçirilgan, deya eslatadi dpa.

Yopilgan maktablar, universitetlar va korxonalar

Kubadagi maktablar va universitetlar uzilişlar sababli vaqtinça yopildi, şuningdek, korxonalar ofislari ham işlamadi, deb xabar berdi Reuters. UNE davlat elektr ta’minotçisi iqtisodiyotning muhim bölmagan sohalariga elektr yetkazib beriş töxtatilişini e’lon qildi. Keyinçalik, noyabr oyida töfon tufayli elektr ta’minoti yana uzildi. Blekaut bir qator hududlarda noroziliklarga sabab böldi.

2021 yil iyul oyida elektr ta’minotidagi uziliş Kubada tarixiy namoyişlarga sabab böldi. Justicia 11J taşkilotiga köra, öşanda 1500 dan ortiq kişi hibsga olingan, ulardan 600 nafari hamon qamoqda. Ba’zi namoyişçilar 25 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilingan, deb eslatadi AFP.