Kubadagi millionlab kişilar mamlakat boş issiqlik elektr stansiyasidagi nosozlik tufayli elektr energiyasiz qolmoqda.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga köra, 18 oktyabr kuni Matanzas şahridagi «Antonio Giteras» issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan avariya deyarli butun mamlakatni elektr energiyasidan uzib qöygan.

Rasmiylarning xabar berişiça, qizğin işlardan söng elektr energiyasi mamlakatning ayrim hududlariga, xususan, poytaxt Havanaga yetkazib berila boşlangan. Biroq, mamlakatning 80 foizi elektr ta’minotisiz qolmoqda, ba’zi şaharlarda 30 soatdan köproq vaqt davomida uzilişlar mavjud.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan kadrlarda Havanadagi Xose Marti xalqaro aeroporti töliq qoronğilikda aks etgan.

Energetika sektori vakillari Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel raisligida yiğilib, mamlakat böylab elektr ta’minotidagi uzilişlarni bartaraf etiş böyiça keyingi qadamlarni baholaşdi.

Kuba elektr stansiyalarining nosozligi tufayli tez-tez elektr uzilişlarini boşdan keçirmoqda.

Mahalliy matbuotning yozişiça, 40 yil avval Sobiq Ittifoq qurgan elektr stansiyalarga yetarliça texnik xizmat körsatilmagani tufayli muammolar takrorlanmoqda.

Energetika va konlar vazirligi ma’lumotlariga köra, mamlakatda yiliga 8 million tonna yonilği iste’mol qilinadi, şundan atigi 3 million tonnasi mahalliy işlab çiqarişga töğri keladi.

Iqtisodiy embargo tufayli Kuba energiyaga bölgan ehtiyojning katta qismini Venesuela, Rossiya va Meksikadan oladi.

Sönggi yillarda Kuba hukumati elektr ta’minotidagi uzilişlarning oldini oliş va işlab çiqariş quvvatini oşiriş maqsadida suzuvçi elektr stansiyalarni ijaraga olişni boşladi.