Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yil 4 yanvardan ID-kartalarni berish boshlanadi
2011 yilgi namunadagi biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish jarayoni 2021 yil 4 yanvardan boshlanadi. Buning uchun barcha texnik imkoniyatlar shay holatga keltirilgan. Uning narxi BHMning 89 foizini, ya'ni 198 ming 470 so‘mni tashkil etadi.
2011 yilgi namunadagi biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish jarayoni 2021 yil 4 yanvardan boshlanadi. Buning uchun barcha texnik imkoniyatlar shay holatga keltirilgan. ID-kartalarning o‘ziga xos tomoni shundaki, uni ota-ona xohishiga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ham olish mumkin.
Yangi tartibning eng muhim qismlaridan yana biri shuki, fuqaro o‘z ID-kartasini olish yoki almashtirish yuzasidan o‘z vaqtida murojaat qilmagan, yaroqsiz holga keltirgan va yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, ma'muriy javobgarlikka tortilmaydi.
ID-kartalar bilan bog‘liq ayrim savollar bilan Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Sanjar Qosimovga murojaat qildik.
Toshkent ShIIBB MvaFRB bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik
«2021 yil yanvaridan O‘zbekistonda mavjud biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida fuqarolarning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimi joriy etilmoqda. Ta'kidlash o‘rinliki, IKAO tashkiloti talab va me'yorlariga muvofiq, ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi ma'lumotlar ko‘rsatilmaydi. Bu haqdagi ma'lumot ID-kartaning chipiga kiritiladi.
ID-kartalari zarur hujjatlar va ma'lumotlar qabul qilib olingandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi.
ID-kartalar ikki bosqichda beriladi. 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha davom etadigan 1-bosqichda ixtiyoriylik asosida 16 yoshga to‘lganda hamda qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra ID-kartalar beriladi.
2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabr oralig‘ida ID-kartalar fuqarolarga majburiy tartibda almashtiriladi. O‘zbekiston fuqarosining 2011 yil namunadagi biometrik pasporti 2031 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas, deb hisoblanadi».
Uchtepa tuman IIB MvaFRB boshlig‘i, podpolkovnik
Uchtepa tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Kozim Oripov fuqarolarga murojaat qilib, yangi yilning ilk kunlaridan barcha yoppasiga yangi ID-karta olish uchun murojaat qilish maqsadga muvofiq bo‘lmasligini, odamlarning birdaniga bir joyda to‘planishi karantin qoidalariga ham zid ekanligini eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
19:55 / 26.12.2025
O‘zbekistonda ID-kartani qanday olish mumkin?
18:00 / 01.04.2025
Maktab vazirligi 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilardan pasportni o‘z vaqtida olishni so‘radi
18:13 / 27.02.2025
O‘zbekistonda chiroyli raqamli ID-karta, pasport va haydovchilik guvohnomalari oshirilgan narxda beriladi
15:30 / 20.02.2025