Içki işlar vazirligi fuqarolarga xorijga çiqiş biometrik pasporti, identifikatsiyalovçi ID-karta, haydovçilik va avtomototransport vositasining röyxatdan ötkazilgani töğrisida guvohnomaning oşirilgan tölov stavkalari böyiça kombinatsiyalaşgan raqamlarni beriş böyiça davlat xizmatlarini körsatiş tartibini takomillaştiriş töğrisidagi hukumat loyihasini muhokamaga qöydi.

Loyihada qayd etilişiça, bugungi kunda fuqarolarda özlari xohlagan raqamlar kombinatsiyasiga ega bölgan identifikatsiyalovçi ID-karta, xorijga çiqiş biometrik pasporti, haydovçilik va avtomototransport vositasini röyxatdan ötkazilganlik töğrisidagi guvohnomani olişga talab oşib bormoqda.

Şu bois qaror bilan Içki işlar vazirligining quyidagi takliflari ma’qullanişi mumkin:

  • xaridorgir raqamlar kombinatsiyasiga ega bölgan identifikatsiyalovçi ID-karta, xorijga çiqiş biometrik pasporti, haydovçilik va avtomototransport vositasini röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomani oşirilgan tölov stavkalari böyiça beriş tizimini joriy etiş;
  • xaridorgir raqamlar kombinatsiyasiga ega bölgan identifikatsiyalovçi ID-karta, xorijga çiqiş biometrik pasporti, haydovçilik va avtomototransport vositasini röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomani beriş böyiça davlat xizmatini qöşimça tölov asosida texnik qurilmalar hamda dasturiy ta’minotlar orqali körsatiş.

Özbekiston fuqarosi, doimiy yaşovçi xorijiy va fuqaroligi bölmagan şaxslarning identifikatsiyalovçi ID-karta raqamini oşirilgan stavkada axborot tizimidan sotib oliş sxemasi quyidagiça:

Talabgor YaIDXP yoki elektron platformadan röyxatdan ötadi;

  • elektron platformaga joylangan raqamni tanlaydi;
  • tanlangan raqam uçun tölov amalga oşirilişi haqida invoys raqami taqdim etadi;
  • taqdim etilgan invoys raqamiga belgilangan mablağlarni töliq miqdorda ötkazadi;
  • Tölov amalga oşirilgandan söng sotib olingan ID-karta raqami talabgorning JŞŞIR raqamiga boğlanadi va bu haqida şaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi;
  • Habar kelgandan söng talabgor 90 kun içida öziga qulay bölgan ma’lumotlarni yiğiş punktlariga borib, ID-karta oliş böyiça murojaat qiladi va örnatilgan tartibda ID-karta rasmiylaştirib beriladi.