Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barsa»da kambek, «Qorabog‘»da yana g‘alaba. Kun o‘yinlari
Chorshanba oqshomida YeChL guruh bosqichida o‘tkazilgan o‘yinlar va guruh jadvalidagi vaziyat.
Bokuliklar pley-offga yaqin

«Qorabog‘» – «Ayntraxt» F 3:2
Gollar: Duran, 4 (1:0). Uzun, 10 (1:1). Shaibi, 78 – penalti (1:2). Duran, 80 (2:2). Mustafozoda, 90+4 (3:2)
«Qorabog‘»: Koxalski, Mustafozoda, Medina, Jafarguliyev, Silva, Yankovich, Pedru Bikalyu, Montiel (Adday, 84), Zubir, Leandru Andrade (Kashchuk, 84), Duran (Gurbanli, 90+1)
«Ayntraxt» F: Santos, Kox, Teat, Kollinz (Xeylunn, 85), Sxiri, Larsson (Shtaff, 85), Braun, Kristensen, Knauff (Baoyya, 79), Doan (Shaibi, 71), Uzun (Gyotse, 71)
Ogohlantirishlar: Duran, 83 – Kristensen, 61. Shtaff, 89
«Qorabog‘» bu mavsumda ajablantirishdan to‘xtamayapti – Ozarboyjon jamoasi bu safar «Ayntraxt»ga qarshi o‘yinning 80-daqiqasiga qadar 1:2 hisobida ortda bora turib, yakunda g‘alabaga erishdi. Holbuki bokuliklar jamoasi tarkibi YeChLning bu mavsumidagi ishtirokchilari orasida eng arzon uch tarkibdan biri sanaladi.
Kambek Duranning dubli bilan boshlandi – u Jafarguliyevning uzatmasidan keyin to‘pni bir teginishda darvoza to‘riga yo‘lladi. Mezbonlar raqib jarima maydonini shturm qilishda davom etishdi va so‘nggi soniyalarda mo‘jiza sodir bo‘ldi: avvaliga «Qorabog‘» futbolchilari burchak zarbasini muvaffaqiyatsiz ijro etishdi, ammo ikkinchi urinishda jarima maydoniga yorib kirishdi va markaziy himoyachi Mustafozoda to‘pni to‘sin ostidan darvoza to‘riga mixladi. Endi oxirgi turd «Enfild»da mehmon bo‘ladigan «Qorabog‘» bir oyog‘i bilan o‘tish o‘yinlarida turibdi.
«Galatasaroy» – «Atletiko» 1:1
Gollar: Simeone, 4 (0:1). Liorente, 20 – avtogol (1:1)
«Galatasaroy»: Ugurjan Chaqir, Sanches, Abdulkarim Bardakchi, Eren Elmali, Sholloi, Torreyra (Gundo‘g‘an, 88), Lemina, Yunus Oqkun (Sara, 65), Barish Yilmaz (Yakobs, 80), Sane, Osimhen
«Atletiko»: Oblak, Gansko, Pubil, Rudjyeri, Liorente, Koke (Le Norman, 56), Barrios (Kardozo, 56), Almada (Baena, 46), Simeone, Syorlot (Grizmann, 61), Alvares (Gonsales, 73)
Ogohlantirishlar: Osimhen, 29. Sholloi, 61. Lemina, 83 – Pubil, 29. Almada, 41. Barrios, 49. Simeone, 67
So‘nggi daqiqada esa «Galatasaroy» g‘alaba golini urib ketishi mumkin edi: Sara burchak tomon kuchli zarba yo‘lladi, ammo bu safar Oblak aql bovar qilmas seyv amalga oshirdi.
Parallel o‘yinda «Atletiko» Istanbulda o‘zini mezbondek his qildi va tezkor gol bilan hisobni ochdi: 4-daqiqadayoq kichik Simeone Rudjyerining uzatmasiga yetib borib, boshda yo‘llagan zarbasi bilan darvoza to‘rini ishg‘ol etdi. Ko‘p o‘tmay madridliklarning boshqa futbolchisi Liorente ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, ammo hisob 2:0 emas, 1:1 ko‘rinishini oldi. Shallaining uzatmasidan keyin ispaniyalik yarimhimoyachi o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygandi.
Shu kuni zaxiradan tushgan Grizmann navbatdagi marta Simeoneni qutqarib qolishi mumkin edi, ammo uning xavfli jarima zarbasini Chaqir qaytardi, yana bir hujumda esa turkiyalik himoyachi to‘pni darvoza chizig‘i ustida qaytardi, takroriy zarbani esa Liorente to‘sib qoldi. Durang natija ikki jamoaning ham vaziyatini qiyinlashtirdi. «Atletiko»ning kuchli sakkizlikka kirish imkoniyati pasaydi, so‘nggi o‘yinni «Manchester Siti» maydonida o‘tkazadigan «Galatasaroy» esa o‘tish bosqichidan qolib ketishi mumkin.
Levandovskidan jyentlmencha dubl

«Slaviya» – «Barselona» 2:4
Gollar: Kushey, 10 (1:0). Fermin Lopes, 34 (1:1). Fermin Lopes, 42 (1:2). Levandovski, 44 – avtogol (2:2). Olmo, 63 (2:3). Levandovski, 71 (2:4)
«Slaviya» Praga: Stanek, Zima, Xaloupek, Xolesh (Vlchek, 46), Provod, Dorli, Sadilek, Sanyang (Cham, 72), Mozes (Dudera, 46), Kushey (Xitil, 79), Xori (Shrans, 65)
«Barselona»: X. Garsiya, Martin, E. Garsiya, Balde (Arauxo, 78), Kunde, Pedri (Olmo, 61), de Yong, Fermin Lopes (Bernal, 78), Rafinya, Bardji (Reshford, 61), Levandovski
Ogohlantirishlar: de Yong, 87
Bu kutilmaganda kunning eng keskin uchrashuviga aylandi. «Slaviya» burchak zarbasidan hisobni ochdi, keyin esa Ferminning dubli tufayli hisobdagi ustunlikni boy berdi. Tanaffus arafasida chexiyaliklarga polshalik Levandovski yordamga keldi, kataloniyaliklar hujumchisi burchak zarbasidan keyin o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limda yana barchasi qaytadan boshlandi va mehmonlarning ketma-ket hujumlari ostida mezbonlar mudofasi parokanda bo‘lib ketdi: avvaliga Olmo to‘qqizlikni aniq nishonga olib, jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi. Ko‘p o‘tmay Levandovski birinchi bo‘limdagi xatosini tuzatib, jamoa muxlislarini asabiy yakundan qutqarib qoldi. Endi kataloniyaliklar kuchli sakkizlikka kirish so‘nggi turda «Kamp Nou»da «Kopenhagen»ni imkon qadar yirik hisobda mag‘lub etishi kerak bo‘ladi – raqobatchilar bilan ochkolar teng kelib qolgan taqdirda to‘plar nisbati hal qiladi.
Banner «Marsel»ga yordam bermadi
«Marsel» – «Liverpul» 0:3
Gollar: Soboslai, 45+1 (0:1). Ruli, 72 – avtogol (0:2). Gakpo, 90+3 (0:3)
«Marsel»: Ruli, Balerdi, Pavar, Medina, Murilo, Kondogbiya (Nadir, 68), Heyberg, Traore (Payshao, 68), Vea, Guiri (Obameyang, 67), Grinvud
«Liverpul»: Alisson, Gomes, van Deyk, Kerkez, Frimpong, Gravenberh, Makallister, Soboslai, Virs (Jons, 79), Salax, Ekitike (Gakpo, 79)
Ogohlantirishlar: Pavar, 48
«Marsel» muxlislari mersisaydliklarni Beatles guruhi aks etgan banner bilan qarshi olishdi. Unda Liverpuldan chiqqan guruh a’zolari gazetada fransuzlarning 2004 yil «Liverpul» ustidan g‘alaba qozongani haqidagi maqolani o‘qib o‘tirgani tasvirlangan.

Muxlislar ushbu natija takrorlanishiga umid qilishgandi, ammo «Marsel» barcha frontlarda tor-mor etildi. Birinchi bo‘lim boshida Soboslai jarima zarbasidan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Frimpong g‘alabani mustahkamladi (uning qanotdan uzatmasidan keyin to‘p darvozabon Ruliga tekkan holda darvoza to‘riga borib tushdi), o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Gakpo qarshi hujumda hisobni yiriklashtirdi.
Keyn het-trik qilolmadi
«Bavariya» – «Yunion» 2:0
Gollar: Keyn, 52 (1:0). Keyn, 55 – penalti (2:0)
Aniq ijro etilmagan penalti: Keyn, 81’
«Bavariya»: Noyyer, Kim Min Je, Ta, Bishof, Rafael Gerreyru (Deyvis, 67), Kimmix (Goretska, 90+2), Pavlovich, Karl (Ito, 67), Dias, Olise (Gnabri, 90+2), Keyn
«Yunion»: Sxerpen, Makallister, Berdjyess, Sayks, Xalaili, van de Perre, Ait El-Hoji (Leysen, 67), Zorgan (Sxofs, 82), Floruch (Patris, 67), Smit (Fuseyni, 67), Devid (Keyta, 82)
Ogohlantirishlar: Kim Min Je, 18. Olise, 58 – Devid, 66
Chetlatish: Kim Min Je, 63 (ikkinchi sariq)
Myunxendagi o‘yinning birinchi bo‘limidan keyingi hisob ko‘pchilikni ajablantirdi. Ammo vaziyatlarga qaralsa, momenty, golga ko‘proq «Yunion» yaqin edi. Ammo Promes Devidning darvozabonning olis burchagi tomon yo‘llagan zarbasi hisobni ochish uchun yetarli bo‘lmadi, chunki darvozada Noyyer turgandi. Manuel hali ham yaxshi formada ekanini namoyish etdi va tabloda nollar qolishini ta’minladi.
Tanaffusdan keyin esa Keyn barchasini joy joyiga qo‘ydi. Avvaliga Harri Olise burchakdan oshirgan to‘pni yaqin burchak oldida turib darvozaga yo‘lladi. Bir necha daqiqa o‘tib o‘zi ishlagan penaltini o‘zi aniq ijro etdi. Hisob yirikroq bo‘lishi ham mumkin edi, ammo birinchidan, 63-daqiqada Kim Min Je ikkinchi sariq kartochkani olib, jamoasini ozchilikda qoldirib ketdi. Ikkinchidan, Keyn navbatdagi penaltini urolmadi – uning zarbasidan keyin to‘p to‘singa bordi.
Joze pley-offdan umid uzmoqda
«Yuventus» – «Benfika» 2:0
Gollar: Tyuram, 55 (1:0). Makkenni, 64 (2:0)
Aniq ijro etilmagan penalti: Pavlidis, 81’
«Yuventus»: Di Gregorio, Bremer, Kelli, Kambiyaso (Kabal, 70), Kalyulyu, Lokatelli (Kopmeyners, 87), Tyuram, Miretti (Konseysau, 46), Kenan Yildiz (Kostich, 82), Makkenni, Devid (Openda, 70)
«Benfika»: Trubin, Otamendi, Arauju, Dal, Dedich, Eursnes, Barreyru, Sudakov (Barrenechea, 69), Shelderup (Ivanovich, 69), Prestianni (Regu, 77), Pavlidis
Ogohlantirishlar: Lokatelli, 49. Kelli, 89
«Yuventus» yarimhimoyachilari jamoani qulog‘idan tortib, oldinga boshlashda davom etmoqda. Ikkinchi bo‘lim boshida Tyuram yaqin burchakka kuchli zarba yo‘llab hisobni ochdi, ko‘p o‘tmay Makkenni ajoyib texnikasini namoyish etdi. Amerikalik futbolchi o‘zini raqibning uch futbolchisi o‘rab turganiga qaramay to‘pni saqlab qoldi va dribling ishlatib darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi.

«Benfika» o‘yin oxirida kambek uchun imkoniyatga ega bo‘lgandi: ammo Pavlidis 81-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Yakunda Luchano Spalletti shogirdlari o‘tish o‘yinlaridagi ishtirokini kafolatladi, Mourinio jamoasi so‘nggi to‘rt o‘yindan uchtasini yutqazgan holda, amalda pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.
«Pafos» «Chelsi»ni asabiylashtirdi
«Chelsi» – «Pafos» 1:0
Gol: Kaysedo, 78 (1:0)
«Chelsi»: Yyergensen (Sanches, 46), Badiashile, Fofana, Xato (Kukurelya, 70), Gyusto, Jyeyms (Estevan, 46), Kaysedo, Fernandes, Garnacho (Gittens, 70), Pedru Netu, Delap (Joao Pedro, 70)
«Pafos»: Gorter, Lyukkassen, Pileas, Sema (Langa, 83), Shunich, Pepe, Jaja (Kina, 65), Brunu, Orshich (Bassauamina, 83), Dragomir (Mixail, 89), Anderson Silva (Dimata, 65)
Ogohlantirishlar: Gittens, 73. Fernandes, 86 – Orshich, 33. Sema, 56. Shunich, 78
Londonliklar ancha vaqtgacha kiprliklar «avtobusi»ni buza olmadi: darvozabon Gorter qo‘llari bilan ham, yelkasi bilan ham zarbalarni qaytardi, darvoza ustuni ham unga yordamga keldi. Mezbonlar faqat 78-daqiqada maqsadiga erishdi: Kaysedo o‘z pozitsiyasini tashlab, raqib jarima maydoniga kirib bordi va bosh bilan darvozani ishg‘ol etdi. «Chelsi» ham kuchli sakkizlikda qolish uchun oxirgi turda Neapolda yirikroq hisobda g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi. Hozirda jami 6 jamoada, jumladan, quyiroqda joylashgan «PSJ» va «Manchester Siti» jamoalarida ham 13 tadan ochko mavjud.
«Nyukasl» — kuchli sakkizlikda
«Nyukasl Yunayted» – «PSV» 3:0
Gollar: Vissa, 8 (1:0). Gordon, 30 (2:0). Barns, 65 (3:0)
«Nyukasl Yunayted»: Poup, Botman, Tshau, Holl, Trippiyer (Uillok, 87), Tonali, Joelinton (Remsi, 72), Gimarayns (Mayli, 45+3), Gordon (Elanga, 72), Barns, Vissa (Voltemade, 72)
«PSV»: Kovarj, Gaserovski, Sxauten, Salohiddin (Obispo, 45), Sildilya, Mauro Junior, Verman, Vanner, Perishich (Driosh, 62), Man (Bayraktarevich, 62), Til (Flamingo, 73)
Ogohlantirishlar: Gimarayns, 26. Tonali, 54 – Sildilya, 34. Gaserovski, 62. Verman, 90. Obispo, 90
«Nyukasl»da Voltemade gol urmay qo‘ygandi va Eddi Hau Vissani boshlang‘ich tarkibda tushira boshladi. Kongolik hujumchi «Brentford»daligidayoq olingan jarohat tufayli mavsumning yarmini o‘tkazib yubordi, ammo endi formaga kirmoqda. Aynan u Joelintonning uzatmasidan keyin tezkor gol urdi, bu hujumni esa maydon markazida to‘pni raqibdan olib qo‘ygan Brunu Gimaraes boshlab bergandi.
Keyin esa Vissa raqib himoyachilarini jarima maydoni yaqinida xato qilishga majburladi va Gordonni golli uzatma bilan ta’minladi. Shunday qilib, Entoni YeChLning bir mavsumida gol urish bo‘yicha Alan Shirerga tegishli bo‘lgan klub rekordini (6) takrorladi.
O‘yindagi yakuniy nuqtani «qarg‘alar»ning qishdagi qahramoni Barns o‘rnatdi. Yirik g‘alabadan keyin jamoa kuchli sakkizlikka kirib oldi, jamoa oxirgi turda «PSJ»ga qarshi o‘yinda ushbu o‘rinni saqlab qolishga harakat qiladi.
«Atalanta»dagi beqarorlik
«Atalanta» – «Atletik» 2:3
Gollar: Skamakka, 16 (1:0). Guruseta, 58 (1:1). Serrano, 70 (1:2). Navarro, 74 (1:3). Krstovich, 88 (2:3)
«Atalanta»: Karnesekki, Jimsiti, Kolashinats (Axanor, 76), Kossunu, Ederson, de Ron, Bernaskoni (Sulemana, 82), Dzappakosta (Samardjich, 76), De Ketelare, Zalevski (Lukman, 66), Skamakka (Krstovich, 66)
«Atletik»: Simon, Vivian, Paredes, Lekue, Boyro (Sanset, 46), Gorosabel (Areso, 81), Hauregisar (Vesga, 59), Rego (Ruis de Galarreta, 59), Gomes (Serrano, 68), Guruseta, Navarro
Ogohlantirishlar: Karnesekki, 90 – Vivian, 22. Hauregisar, 54
«Atalanta» o‘yin masalasini birinchi bo‘limning o‘zidayoq hal qilishi mumkin edi – bergamoliklar qator vaziyatlardan foydalana olmadi, goh «Atletik» darvozaboni Unai Simon qutqardi, goh darvoza ustuni yoki to‘sini zarbani o‘ziga qabul qildi, darvoza ishg‘ol etilganida esa hakamlar ofsayd holatini qayd etishdi. Ammo bo‘lim oxirida Skamakka baribir hisobni ochishga erishdi.
Ikkinchi bo‘limda esa basklar uyg‘onishdi. Navarro avvaliga ikki sherigini golli paslar bilan ta’minladi, keyin esa o‘zi uchinchi golni urdi. Krstovichning 88-daqiqada urgan goli esa faqat hisobni qisqartirishga yaradi. Basklar vaqt cho‘zishmadi va hujumkor o‘ynashda davom etishdi, lekin g‘alabani qo‘ldan boy berishmadi. Bu tur oldidan kuchli sakkizlikda turgan «Atalanta» endi 13-pog‘onaga quladi, dastlabki turlarni inqiroz tufayli g‘alabasiz o‘tkazgan «Atletik»da esa o‘tish o‘yinlariga o‘tish imkoniyati paydo bo‘ldi. Buning uchun oxirgi turda «Sporting»ga qarshi uyda kechadigan o‘yinda durang natija ham yetarli bo‘lishi mumkin.
Umumiy guruh jadvalidagi vaziyat:

Mavzuga oid
12:13 / 27.03.2026
Italiya va Turkiya JChga yaqinlashdi. Kun o‘yinlari
12:16 / 23.03.2026
Madrid derbisida “Real” ustun keldi, “Barselona” minimal hisobda g‘alaba qozondi
10:19 / 19.03.2026
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
07:22 / 19.03.2026