Angliya: «MYu» uçinçi örinni naqd qildi, «şporlar» ligada qolmoqçi

«MYu» – «Liverpul» 3:2
Gollar: Kunya, 6 (1:0). Şeşko, 14 (2:0). Soboslai, 47 (2:1). Gakpo, 56 (2:2). Maynu, 77 (3:2)
«MYu»: Lammens, Maguayr, Heven, Şou, Dalot, Kazemiro, Maynu, Brunu Fernandeş (Yoro, 90+6), Kunya (Zirkze, 87), Mbemo (Dorgu, 75), Şeşko (Diallo, 46)
«Liverpul»: Vudman, van Deyk, Konate (Kiyeza, 87), Roberson (Kerkez, 59), Jons, Makallister, Gravenberh, Gakpo, Frimpong (Ngumoha, 75), Virs, Soboslai
Ogohlantirişlar: Şou, 49. Brunu Fernandeş, 81 – Jons, 75. Gakpo, 85

Bu öyinga «Mançester Yunayted» YeÇL yöllanmasini rasmiylaştiriş uçun tuşdi va buni uddaladi. Raqibning holatidan kelib çiqqan holda bu qiyin iş emasdi. Mersisaydliklar ustozi Arne Slot bu öyinda jarohat tufayli Isak, Ekitike va Saloh kabi yetakçilaridan foydalana olmasdi, natijada hujum markazida Gakpo, öng qanot vingeri pozitsiyasida asli himoyaçi bölgan Frimpong tuşirildi.

Öyinning oltinçi daqiqasidayoq mezbonlar favorit maqomini tasdiqlaşdi. Robersonning burçak zarbasidan keyin töp jarima maydonidan uzoqlaştirildi va Kunya zarba beriş nuqtasiga çiqib borib, kuçli zarba yölladi. Uning birinçi zarbasi bloklandi, ammo takroriy zarbadan söng  töp rikoşet orqali darvoza töriga borib tuşdi.

Va bir neça daqiqa ötib «Yunayted» ikkinçi golni urdi. Brunu boş bilan töpni darvozabon hududi turgan Şeşkoga yetkazdi, hujumçi esa imkoniyatdan foydalandi. Ammo mehmonlar darvozaboni zarbadan oldin qöllari uçi bilan töpga teginiş orqali portugaliyalik yarimhimoyaçini navbatdagi assistdan mahrum qildi.

Biroz ötib Brunu mezbonlarning uçinçi golini urişga yaqin kelgandi, ammo uning jarima maydoni markazidan yöllagan zarbasi biroz xato ketdi. «MYu» birinçi bölimda töpni raqibga topşirdi (38 ga 62 foiz), ammo qarşi hujumlarda vaziyatlarga ega böldi.

Tanaffusda «MYu» Şeşkoni almaştirişga majbur böldi (katta ehtimol bilan, slovakiyalik hujumçi kiçik jarohat olgan), uning örniga tuşgan Amad esa ikkinçi bölim boşidayoq maydon markazida töp yöqotdi. Soboslai esa töpni mezbonlar jarima maydoniga qadar olib bordi va olis burçakni aniq nişonga oldi.

Köp ötmay endi darvozabon Lammens ham xatoga yöl qöydi. U töpni uzoqlaştirişda noaniq harakat qildi. Raqib jarima maydonida töpga ega çiqqan mehmonlar esa bundan foydalanişdi.