O‘zbekiston | 10:03 / 06.10.2018
9465
4 daqiqa o‘qiladi

Prezident administratsiyasi huzuridagi Davlat rezidensiyalari direksiyasi yangi loyihalar bilan shug‘ullanadi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi negizida issiqxona, chorvachilik va mehmonxona komplekslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi tashkilotlari:

a) “Agro Service” davlat unitar korxonasi (loyiha tashabbuskori) tomonidan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti Davlat rezidensiyalari direksiyasining Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan va pomidor hamda bodring yetishtirish uchun oynali blokdan (3 ga) iborat bo‘lgan “Agro Service” DUKning mavjud issiqxona-parnik xo‘jaligi negizidagi issiqxonalarni rekonstruksiya qilish;

“ECO” zamonaviy ixtisoslashtirilgan issiqxona bloki (1,2 ga) va gul yetishtirish uchun issiqxona blokini (0,5 ga) tashkil etish;

Toshkent viloyatida qoramollar boqish uchun chorvachilik kompleksi va echkilarni boqish bo‘yicha sut fermasini tashkil etish;

b) “Turkiston mehmonxonalar kompleksi” davlat unitar korxonasi (loyiha tashabbuskori) tomonidan - Toshkent shahri, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 64-uydagi mavjud mehmonxona binolarini rekonstruksiya qilish va restoran qurish orqali xalqaro standartlar bo‘yicha premium-klass toifasidagi mehmonxona xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan holda, zamonaviy mehmonxona kompleksini tashkil etish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Qayd etilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida:

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi - buyurtmachi;

b) “Bauraum Group” MChJ - bosh pudratchi etib;

v) quyidagilar:

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturi parametrlarida nazarda tutiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari - “ECO” zamonaviy ixtisoslashtirilgan issiqxona bloki va gul yetishtirish uchun issiqxona blokini tashkil etish;

tijorat banklarining kreditlari - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliya-xo‘jalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasining “Agro Service” DUK issiqxona-parnik xo‘jaligi negizidagi issiqxonalarini rekonstruksiya qilish, Toshkent viloyatida qoramollar boqish uchun chorvachilik kompleksi va echkilarni boqish bo‘yicha sut fermasini tashkil etish, xalqaro standartlar asosida premium-klass toifasidagi mehmonxona xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan holda zamonaviy mehmonxona kompleksi tashkil etish bo‘yicha moliyalashtirish manbalari etib belgilandi.

Toshkent viloyati hokimligi:

qoramollar boqish uchun chorvachilik kompleksi va echkilarni boqish bo‘yicha sut fermasini qurishga yer uchastkalari, ozuqa ekinlarini yetishtirish, shuningdek, “ECO” zamonaviy ixtisoslashtirilgan issiqxona bloki va gul yetishtirish uchun issiqxona blokini tashkil etishga zarur yer maydonlari ajratilishini;

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, «O‘ztransgaz» va «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatlari, loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda Toshkent viloyatida qoramollar boqish uchun chorvachilik kompleksi va echkilarni boqish bo‘yicha sut fermasini, “ECO” zamonaviy ixtisoslashtirilgan issiqxona bloki va gul yetishtirish uchun issiqxona blokini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga belgilangan tartibda ulash, shu jumladan energiya resurslarining zarur limitlari va sug‘orish uchun suv ta'minoti hajmlari ajratilishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid