Ma’lum qilinişiça, mazkur bitim 2024 yil 6 iyun kuni Turkiyaning Anqara şahrida imzolangan bölib, u ikki davlat örtasida mintaqaviy rivojlaniş sohasida özaro hamkorlikni kengaytiriş, tajriba almaşiş va qöşma loyihalarni amalga oşirişga xizmat qiladi.

Qarorga muvofiq, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi uşbu xalqaro şartnomani amalga oşiriş uçun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. Vazirlik tegişli idoralar bilan hamkorlikda bitimda nazarda tutilgan vazifalarni hayotga tatbiq etişni ta’minlaydi.

Şuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralar rahbarlariga xalqaro şartnoma kuçga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilişi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaş vazifasi yuklatildi.

Mazkur bitim Özbekiston va Turkiya örtasidagi iqtisodiy va mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlaş, yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş hamda hududlarni barqaror rivojlantirişga xizmat qiladi.