Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari nimaga sarflanadi?
Vazirlar Mahkamasining 15.06.2017 yildagi “Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
Belgilanishicha, Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va:
• bioresurslarni saqlash bo‘yicha atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq loyihalarni;
• ilmiy-tadqiqot faoliyatni olib borishni;
• atrof muhit monitoringini amalga oshirishni;
• ekologik ta'lim va targ‘ibotni moliyalashtirishni amalga oshiradi.
Jamg‘arma mablag‘lari manbalari:
• atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun jarimalarning 50 foizi;
• kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun jarimalarning 40 foizi;
• avariya tufayli ko‘plab chiqarib tashlanganligi uchun jarimalarning 50 foizi;
• tabiiy resurslardan me'yoridan ortiqcha va nokompleks foydalanganlik (nobud qilganlik) uchun to‘lovlarning 40 foizi;
• xo‘jalik faoliyati natijasida atrof tabiiy muhit obektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun mablag‘larning 40 foizi;
• tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lganlardan summaning 50 foizi;
• daraxt va butalarni kesganlik uchun to‘lov summasining 40 foizi;
• tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda moliyalashtirishda ulush qo‘shib qatnashuvchi yuridik shaxslarning mablag‘lari;
• yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;
• ekologik aksiyalarni o‘tkazishdan tushadigan mablag‘lar.
Jamg‘armaning boshqaruv Kengashi Jamg‘armani boshqarish organi hisoblananib, u moliyalashtirish yo‘nalishlarini belgilaydi. Jamg‘arma Kengashining shaxsiy tarkibi Davlat ekologiya qo‘mitasi, boshqa davlat organlari, ilmiy-tadqiqot, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tashkil topadi hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi hay'ati tomonidan tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
09:07 / 11.12.2025
Qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilish yangi jamg‘arma orqali amalga oshiriladi
09:59 / 26.11.2025
Xitoy kompaniyasi Navoiyda atmosferaga zaharli chiqindilar tashlashni kamaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi
18:09 / 25.11.2025
Ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari ishdan olindi
17:17 / 25.11.2025