Farğona viloyati Buvayda tumani hokimining quriliş, tösiqlarsiz muhit yaratiş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari Sayidjon Xizirov işdan olindi. Bu haqda Toşkent şahrida ekologik vaziyatni yaxşilaş yuzasidan keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça tuzilgan maxsus komissiya Telegram kanalida xabar berildi.
Ma’lum qilinişiça, Sayidjon Xizirovning qonuniy faoliyat olib borayotgan ekologiya inspektoriga qarşilik körsatiş holati yuzasidan mutasaddilar tomonidan işçi guruh tuzilib, örganiş işlari olib borilgan. Örganiş işlari natijasida hokim örinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Holat yuzasidan Boş prokuratura rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, hokim örinbosari Sayidjon Xizirov mansabdor şaxs böla turib, mansab vakolatidan çetga çiqqan. U Buvayda tumani Nayman mahallasidan ötgan Nayman zovuri atrofidagi daraxtlar “D.S.” MÇJ işçisi tomonidan kesilayotganligidan xabar topib, oldini oliş çoralarini körayotgan ekologiya inspektorining qonuniy talablariga faol qarşilik körsatgan uni xizmat vazifasidan keçişga majbur qilgan hamda hodisa joyidan olib ketib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan.
Holat yuzasidan Sayidjon Xizirov va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş), 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) va 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat işi tergovi şaxsan Boş prokuror tomonidan nazoratga olingan.
Avvalroq Sayidjon Xizirov daraxt kesilişiga qarşi çiqqan ekologiya inspektoriga kuç işlatgani xabar qilingandi: ekologiya inspektori Ahrorjon Niyozov aholi murojaatiga asosan manzilga borib, noqonuniy daraxt kesiş holatini aniqlagan. Söngra daraxtlarni kesayotgan şaxsni töxtatib, belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylaştirmoqçi bölgan. Voqea joyida bölgan Buvayda tumani hokimi örinbosari Saidali Xizirov esa unga jismoniy kuç işlatib, çetroqqa sudrab ketgan.








