Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xitoyning “Sinoma Energy Conservation International Investment Co.,Ltd” kompaniyasi raisi va boş direktori Zuo Dayun boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Kun.uz’ga hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, “Sinoma Energy Conservation International Investment Co.,Ltd” kompaniyasi yirik işlab çiqariş korxonalarida atmosferaga zaharli çiqindilar taşlaşni kamaytiriş, çöllanişning oldini oliş va çöl yerlarida yaşillikni köpaytiriş böyiça zamonaviy loyihalarni amalga oşiradi. Muzokarada tomonlar uşbu yönalişda fikrlaşgan. Unga köra, kompaniya yaqin kunlarda Navoiy viloyatiga zamonaviy uskunalar va yetakçi mutaxassislarini yuborişi böyiça kelişuvga erişilgan.

Uçraşuvda viloyatda çiqindini qayta işlaş orqali qayta tiklanadigan elektr energiya işlab çiqariş, atrof-muhitni muhofaza qiliş, toğ-kon sanoati, nometall mahsulotlarni qayta işlaş orqali sanoatda işlatiladigan ehtiyot qismlar işlab çiqariş kabi loyihalar borasida ham fikrlar almaşilgan. Yakunda çiqindini qayta işlaş orqali qayta tiklanadigan elektr energiya işlab çiqariş, atrof-muhitni muhofaza qiliş hamda energiya tejovçi muhandislik loyihalarini hamkorlikda amalga oşiriş böyiça dastlabki kelişuvlarga erişilgan.

Qayd etilişiça, “Sinoma Energy Conservation International Investment Co.,Ltd” kompaniyasi tomonidan hozirda Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasi, quvvati 75 MVt bölgan elektr energiyasini saqlaş tizimi hamda havo elektr uzatiş tarmoqlarini quriş loyihasi amalga oşirilmoqda.