Jahon | 08:16 / 20.11.2025
5385
2 daqiqa o‘qiladi

Quyosh energetikasida kelajak yetakchilari: 80 foiz quvvatni 15 davlat nazorat qiladi

Global quyosh energetikasi manzarasi juda tez o‘zgarmoqda, chunki dunyo bo‘ylab davlatlar toza energiya ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda. Ushbu infografikada mamlakatlar bo‘yicha quyosh generatsiyasining jami quvvatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga mavjud loyihalar ham, istiqbolli (rejalashtirilayotgan) loyihalar ham kiritilgan.

Foto: iStock

Ma’lumot manbai — Global Energy Monitor xalqaro tashkilotining Solar Power Tracker bazasi. Unda dunyodagi har bir ma’lum quyosh loyihasi haqidagi ma’lumotlar jamlangan bo‘lib, ular o‘zgaruvchan tokdagi megavattlarda o‘lchanadi — bu ko‘rsatkich quyosh elektr stansiyasi tarmoqqa qay darajada foydali elektr energiyasi yetkazib bera olishini aks ettiradi.

Qolaversa, qurilayotgan va rejalashtirilgan barcha loyihalarni hisobga olgan holda, dunyo bo‘yicha quyosh energetikasining umumiy quvvati qariyb 2,9 milliard kilovattga yetishi mumkin, shuning 80 foizi bor-yo‘g‘i 15 ta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.

Xitoy ham amaldagi, ham istiqboldagi quvvatlar bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Faqatgina Xitoyning rejalashtirilgan quyosh loyihalarining o‘zi dunyoda kelgusidagi quyosh quvvatlarining taxminan 35 foizini tashkil qiladi. Bundan tashqari, Xitoy dunyodagi quyosh panellari uchun kerakli material va komponentlarning 80 foizdan ortig‘ini ishlab chiqaradi.

Keyingi o‘rinlarda AQSh va Hindiston turibdi. Har ikki mamlakatda ham yirik quyosh loyihalari jadal o‘sib bormoqda, bu milliy dasturlar bilan rag‘batlantirilmoqda: AQShda Inflation Reduction Act (Inflatsiyani qisqartirish to‘g‘risidagi qonun), Hindistonda esa Milliy Quyosh missiyasi. Shunga qaramay, ularning umumiy salohiyati hali-hanuz Xitoyning yarmidan ham kamroqni tashkil etadi.

Visual Capitalist
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid