Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mart oyida elektr energiyasi kunlik iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi
11 mart kuni sutkalik elektr energiyasi iste’moli 267 mln kVt·soatni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 14 mln kVt·soatga ko‘p.
Foto: Shutterstock
Mart oyida energetika tizimida elektr energiyasi iste’moli va yuklama bo‘yicha yangi rekord qayd etildi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, 11 mart kuni sutkalik elektr energiyasi iste’moli 267 mln kVt·soatni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 14 mln kVt·soatga ko‘p.
Shuningdek, kechki yuqori iste’mol soatlarida energetika tizimidagi eng katta yuklama soat 18:12 da 12 680 MVt ga yetdi, bu esa avvalgi ko‘rsatkichdan 480 MVt ko‘p.
Bu kunda elektr stansiyalarda jami 272 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, bu o‘tgan yil mart oyidagi ishlab chiqarishga nisbatan 12 mln kVt·soat ko‘p.
Ta’kidlanishicha, kun davomida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 20,9 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Shundan quyosh va shamol elektr stansiyalari ulushi 14,3 foizni tashkil qildi.
Mavzuga oid
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
10:03 / 01.05.2026
Elektrdagi yo‘qotishlari yuqori bo‘lgan 44 ta hududning elektr korxonasi rahbari ishdan olindi
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026