Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning rafiqasi Britaniyaning Daily Mail gazetasini sudga berdi
AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp rafiqasi Melaniya Tramp advokatlari Daily Mail nashri ustidan sudga murojaat qilishgan. Bunga nashrning o‘tgan asr 90-yillarida Melaniyaning eskort agentligida ishlagani to‘g‘risidagi iddaolari sabab bo‘lgan, deb yozmoqda The Guardian gazetasi.
Bundan tashqari, Tramp xonim, Daily Mail nashrini Melaniyaning 90-yillardagi muhojirlik maqomi yuzasidan javobgarlikka tortish niyatida.
«Bu kabi bayonotlar 100 foiz yolg‘on, tuhmat bo‘lib, uning obro‘siga putur yetkazish bilan birga haqorat hamdir», — deyiladi sudga topshirilgan murojaatda.
Hujjatda ta'kidlanishicha, Melaniya prezidentlik poygalari chog‘ida OAVning erkinligini qabul qiladi, biroq bunday ochiqcha yolg‘onlar ruxsat berilgan chegaralardan oshib ketgan.
Mavzuga oid
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
19:17 / 19.12.2025
Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
08:04 / 15.12.2025
Chilida prezidentlik saylovida konservator Kast g‘alaba qozondi
12:53 / 10.12.2025