Ukraina yetakçisi Kiyev çorşanba kuni AQŞga tinçlik rejasining yangilangan versiyasini topşirişini ham aytdi. Uning sözlariga köra, Ukraina, AQŞ va Kiyevning Yevropadagi ittifoqçilari örtasidagi muzokaralar jarayoni doirasida tinçlik sulhi uçun asos bölişi kerak bölgan jami uçta hujjat muhokama qilinmoqda.

Quyida – Volodimir Zelenskiyning asosiy bayonotlari keltiriladi.

Ukrainadagi saylovlar haqida

«Hamkorlarimizga hurmat saqlagan holda aytamanki, Ukrainadagi saylovlar masalasi, menimça, avvalo xalqimizga boğliq va bu boşqa davlatlar xalqining emas, Ukraina xalqining masalasi.

Oçiq aytaman, saylovga tayyorman. Agar biz hokimiyatga yopişib olganimiz yoki şaxsan men prezidentlik kursisiga yopişib olganim va şuning uçun uruş tugamayotgani haqidagi şamalarni eşitdim – bu, töğrisini aytsam, mutlaqo noxolislik.

Saylovlarni ötkaziş uçun ikkita masala bor: birinçi navbatdagisi xavfsizlik – buni qanday ötkaziş kerak, zarbalar, raketalar ostida qanday qiliş kerak; şuningdek, harbiylarimiz masalasi: ular qanday ovoz berişi böyiça. Siz buni bilasiz va takrorlamoqçi emasman. Ikkinçi masala – saylovlar ötkazilişining qonuniyligi uçun qonuniy asos.

Va bu masalani bugun AQŞ prezidenti, hamkorlarimiz kötarayotgani uçun men juda qisqa javob beraman: men saylovga tayyorman. AQŞdan bu borada yordam berişni sörayman, AQŞ yevropalik hamkasblar bilan birgalikda saylovlar uçun xavfsizlikni ta’minlaşi mumkin, şunda keyingi 60–90 kun içida Ukraina saylovlarni ötkazişga tayyor böladi. Bunga şaxsan menda iroda va tayyorgarlik bor.

Yana bir gap. Agar iş şunday ketadigan bölsa, men fraksiyamiz deputatlaridan, umuman olganda, bizning parlamentariylarimizdan harbiy holat davrida qonunçilik asoslari va Saylov töğrisidagi qonunni özgartiriş imkoniyati töğrisida qonunçilik takliflarini tayyorlaşni sörayman. Men ertaga Ukrainada bölaman, hamkorlardan takliflar kutaman, deputatlarimizdan ham takliflar kutaman – va saylovga borişga tayyorman».

Tinçlik rejasi va uçta hujjat haqida

«20 banddan iborat doiraviy hujjat bor. U doimo özgarib turadi va bu normal holat. Ukraina, Yevropa va tinçlik manfaatlariga javob berişi kerak bölgan jonli tuzilma.