Öta öng qaraşli, 59 yoşli Xose Antonio Kast Respublikaçilar partiyasidan prezident saylovining ikkinçi turi yakunlariga köra ğalaba qozondi. Yakşanba, 14 dekabr kuni, saylov komissiyasi 83 foiz ovozlar sanalganidan söng ma’lum qilişiça, uni taxminan 59 foiz saylovçi qöllab-quvvatlagan.
Uning asosiy raqibasi — Çili Kommunistik partiyasi a’zosi, hokimiyatdagi söl-markazçi ittifoq nomzodi, 51 yoşli Janett Xara mağlubiyatni tan olgan. U taxminan 41 foiz ovoz olgan va telefon orqali suhbatda raqibini tabriklagan.
Kast prezident lavozimini uçinçi urinişda egallamoqçi. Saylovoldi kampaniyasida u jinoyatçilik va noqonuniy migratsiyaga qarşi qattiq çoralar körişni asosiy şior qilib olgan.
Kastning ota-onasi — Maykl Kast Şindele va Olga Rist Xagşpil asli Bavariyadan. Otasi vermaxt leytenanti va Germaniya Milliy-sotsialistik nemis işçilar partiyasi a’zosi bölgan, 1950 yilda Germaniyadagi denatsifikatsiya jarayoni vaqtida Çiliga qoçib ketgan.
Birinçi turdan keyingi nutqida Kast şunday degan: «Biz vatanimizni tiklaymiz». Töqqiz farzandning otasi va qat’iy katolik bölgan Kast allaqaçon yuz minglab noqonuniy muhojirlarni — asosan venesuelaliklarni deportatsiya qilişga va’da bergan.
Xose Antonio Kast 1973–1990 yillardagi Augusto Pinoçet diktaturasidan keyin Çilida prezidentlik lavozimini egallagan ilk öta öng siyosatçi böladi.
Kast Santyago şahrida tuğilgan, şaharning Katolik universitetida huquqşunoslik yönalişida öqigan va AFP agentligi eslatişiça, 30 yildan beri siyosat bilan şuğullanib keladi. U abortlarni taqiqlaş, şuningdek favqulodda kontratsepsiyaga qarşi çiqişni qöllab-quvvatlagan, ajraşiş va evtanaziyaga qarşi bölgan.
Ön farzandning eng kiçigi bölgan Kast ota-onasidan kolbasa mahsulotlari işlab çiqariş bilan boğliq muvaffaqiyatli biznesni meros qilib olgan.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Çilining saylangan prezidentini ğalaba bilan tabriklagan. «Qöşma Ştatlar mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaş va savdo aloqalarimizni faollaştiriş maqsadida uning ma’muriyati bilan hamkorlik qilişni umid qiladi», — deb yozgan Rubio X ijtimoiy tarmoğida. Öz navbatida Argentina prezidenti Xaver Miley ham Kastning «işonarli ğalabasidan ulkan quvonç» his qilganini bildirgan.
Birinçi turda sakkiz nafar nomzod iştirok etgan. 2012 yildan beri ilk bor Çilida saylovlarda ovoz beriş majburiy böldi. Xose Antonio Kast 11 mart kuni lavozimiga kirişadi.

















