Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘FF prezidenti har bir muxlis dardini eshitadi
O‘zbekistondagi futbol muxlislari bilan jonli muloqotda bo‘lish, mamlakatning istalgan chekkasidagi fuqarolar bilan muloqot ko‘prigini yaratish maqsadida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasi ochilganligi haqida e'lon qiladi, deb yozmoqda O‘FF rasmiy sayti.
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidentining qabulxonasiga www.president.the-uff.com manzili orqali istalgan mutasaddiga istalgan mavzuda murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Murojaatlar elektron ko‘rinishda virtual qabulxona orqali yoki prezidentning [email protected] elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin.
Murojaatning maqomini (javob berilgan-berilmaganini) sayt orqali tekshirish mumkin bo‘ladi.
Virtual qabulxona orqali murojaat qilish uchun elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.
Ushbu qabulxonaning ishlash tajribasidan kelib chiqib murojaatlarni ko‘rib chiqishni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.
Mavzuga oid
21:59 / 09.11.2020
Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi
20:22 / 13.06.2019
«Qilganlarimiz va qila olmaganlarimiz uchun muxlislar bizdan rozi bo‘lishsin». O‘FAdan ketgan Umid Ahmadjonov bilan intervyu
15:20 / 13.06.2019
Tribuna.uz: Umid Ahmadjonovning o‘rnini Ravshan Ermatov egallashi kutilmoqda
13:58 / 13.06.2019