Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov lavozimidan ketişga qaror qildi.

Bir vaqtning özida Osiyo Olimpiya Kengaşi vitse-prezidenti sifatida ham işlab kelayotgan Umid Muhammadjonoviç çet elga xizmat safarlari köpligi bois ÖFAdagi mansabini topşiriş haqida ariza yozgan.

«Osiyo Olimpiya kengaşi vitse-prezidentligi – nihoyatda mas'uliyatli vazifa. Kelasi yil Tokioda Olimpiya öyinlari boşlanadi. Mazkur musobaqaga vaqt kam qolmoqda. Xizmat safarlari köp. Şu sababdan Özbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidentligidan böşaş böyiça ariza yozdim.

Öylaşimça, ötgan vaqt davomida özbek futboli rivoji uçun astoydil mehnat qilib, qölimizdan kelgan barça çora-tadbirlarni amalga oşirdik. Bularning samarasi asta-sekin közga taşlanmoqda.

Şu örinda yurtimizda sport rivojiga, xususan, futbol rivojiga katta ahamiyat qaratib kelayotgan muhtaram prezidentimiz Şavkat Miromonoviçga, barça zarur şart-şaroitlarni yaratib berayotgan hukumatimiz rahbariyatiga minnatdorçilik bildirib ötmoqçiman», - degan Ahmadjonovning sözlarini keltirgan ÖFA rasmiy sayti.

42 yoşli funksioner şu yil 3 mart kuni Osiyo Olimpiya Kengaşiga Markaziy Osiyo mintaqasidan vitse-prezident etib saylangan edi.

Şundan söng u aprelda Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi (MOFA) rahbarligidan ketdi, may oyida esa Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidentligidan iste'foga çiqdi.

Ma'lumot uçun, Umid Ahmadjonov sportdagi rahbarlik faoliyatini 2002 yilda Özbekiston nogironlar sport federatsiyasi boş kotibi sifatida boşlagan. 2007 yildan keyin 10 yil davomida Milliy paralimpiya assotsiatsiyasida boş kotib va rais örinbosari lavozimlarida işladi. Bu vaqtda Özbekiston dzyudo federatsiyasi raisi örinbosari sifatida ham faoliyat yuritdi. 2016 yilgi Rio Paralimpiadasi (31ta medal, 16-örin) uning sohadagi karerasida buriliş nuqtasi bölgandi.

2017 yil boşida Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qömitasida vitse-prezident etib saylandi. Köp ötmay, u Dzyudo federatsiyasi vitse-prezidenti Bobur Şodiyev «Paxtakor» vitse-prezidenti etib tayinlanişi ortidan mazkur klubda boş direktor sifatida iş boşladi. Öşa yilning sentyabriga borib esa Özbekiston futbol federatsiyasi prezidentligiga yagona nomzod sifatida uşbu mansabni egalladi. Qisqa vaqtda özini reformator sifatida körsatgan Ahmadjonov 2018 yil boşida Milliy olimpiya qömitasiga rais etib saylangan edi.

Qöşimça qiliş joiz, Muhammadjonoviç rasman ÖFF prezidenti sifatida 4 oy işlagaç, 2018 yil yanvarida vakolatlarini taşkilotning hozirgi boş rahbari – Oçilboy Ramatovga topşirgan.