FIFA referesi Ravşan Ermatov bugun iste'foga çiqqan Umid Ahmadjonov örniga ÖFA vitse-prezidenti lavozimini egallaşi kutilmoqda. Bu haqda Tribuna.uz manbalari xabar bermoqda.
ÖFA faoliyatini nazorat qiluvçi bu lavozimga avvalroq Mirjalol Qosimov hamda Saken Polatovning ham nomzodi körib çiqilayotgandi, lekin rasmiylar katta ehtimol bilan Ravşan Ermatov nomzodiga töxtalişgan.
Tribuna.uz manbalariga köra, ÖFAda yana köplab iste'folar kutilmoqda. Masalan, katta ehtimol bilan ÖFA boş kotibi Sardor Rahmatullayev ham lavozimini tark etadi. Şuningdek PFL rahbariyatida ham özgarişlar bölişi mumkin.
Ma'lumot uçun, ayni vaqtda ÖFA prezidenti — Oçilboy Ramatov hisoblanadi, lekin taşkilotda asosiy işni birinçi vitse-prezident bajaradi.
Umid Ahmadjonov 2017 yil 12 sentabr kuni u vaqtda ÖFF deb atalgan futbol ittifoqi rahbarligiga saylangandi. Keyinçalik u taşkilot nomini özgartirdi va özbek futbolida turli revolyutsion özgarişlar qilişga intildi. ÖFAdagi ikki yillik faoliyati davomida Ahmadjonov doimiy tanqidlar ostida işlab keldi. 15 may kuni Ahmadjonov MOQ prezidentligidan ham ketgandi.











