Jamiyat | 06:00 / 09.07.2022
25975
1 daqiqa o‘qiladi

Iyd al-Adha – Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

2022 yil 9 iyul – hijriy 1443 yil Zulhijja oyining 10-kuni Islom ummatining eng yirik bayrami – Qurbon hayiti kunidir.

Kun.uz jamoasi barcha mo‘min-musulmonlarni ushbu bayram bilan qutlaydi.

Yaratgandan barcha vatandoshlarimizga tan-sihatlik, xotirjamlik va osuda hayot, ikki dunyo saodatini tilab qolamiz.

Vatanimiz yanada taraqqiy etishini, pandemiya yillaridagi og‘ir sinovlar tezda butun dunyodan ko‘tarilib, farovon kunlar qaytishini so‘raymiz.

Barcha bemorlar shifo topib, qiyinchilikda qolganlarga Alloh yordam bersin, o‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin!

Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Mavzuga oid