Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqiga Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik yölladi.
Muhtaram vatandoşlar!
Xalqimiz butun musulmon ummati bilan birgalikda katta şod-u xurramlik ila kutib olayotgan Qurbon hayiti bilan sizlarni, gözal diyorimizdagi barça möminlarni çin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
Asrlar davomida el-yurtimizning ma'naviy hayotida beqiyos örin egallab, jamiyatimizda özaro hurmat, mehr-oqibat va bağrikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan uşbu qutluğ bayram barçamizga muborak bölsin!
Mana şunday şukuhli va saodatli ayyomda hammamiz avvalo Alloh taboraka va taologa beadad şukronalar aytişimiz tabiiydir.
Siz, azizlarga yaxşi ma'lumki, Özbekistonda sönggi yillarda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklaş va rivojlantiriş, e'tiqod erkinligini ta'minlaşga alohida e'tibor qaratilmoqda, turli millat va elatlar örtasida totuvlik, ahillik va hamjihatlik muhiti tobora yuksalib bormoqda.
Ayniqsa, xalqimizning islom madaniyati va sivilizatsiyasiga qöşgan ulkan hissasini mamlakatimiz va dunyo jamoatçiligiga yetkaziş, tabarruk qadamjolarni obod qilib, ziyoratgohlarga aylantiriş, buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma'naviy merosini çuqur örganiş va tarğib etiş borasida boşlagan xayrli işlarimiz ilm-u ma'rifatning qadriga yetadigan el-yurtimiz va xalqaro hamjamiyat tomonidan töliq qöllab-quvvatlanmoqda.
Fuqarolarimiz uçun yaratilgan yangi imkoniyat va şaroitlar tufayli uşbu mötabar va uluğ ayyom kunlarida Makkai mukarramada muqaddas haj amallarini ado etayotgan 7 mingdan ziyod vatandoşlarimiz bugungi tinç-osoyişta, erkin hayot uçun Parvardigori olamga hamdu sanolar aytib, yurtimizga ravnaq, xalqimizga xayr-baraka sörab, duoi fotihalar qilişmoqda.
Hojilarimizning barçasini samimiy muborakbod etib, ularning ona diyorimizga soğ-salomat qaytib kelişlarini tilaymiz. Ular özlarining ibratli fazilatlari, jamiyat hayotidagi faol iştiroki bilan yoş avlodimizni el-yurtga sadoqatli va fidoyi, hidoyat yölidan boradigan halol va pok insonlar etib tarbiyalaşga munosib hissa qöşadilar, deb işonamiz.
Yaratganning ne'matlari ziyoda bölayotgan va şukronalik hislari qalblarimizni nurafşon qilayotgan uşbu ayyomda uzoq va yaqin hududlarda joylaşgan barça musulmon mamlakatlarining xalqlarini, xorijiy döst va hamkorlarimizni qutlab, ularga tinçlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik yor bölişini tilaymiz.
Qadrli yurtdoşlar!
Qurbon hayitining mamlakatimizda mustaqillik bayrami arafasida keng nişonlanişi xalqimizning ruhi va kayfiyatini yanada kötarmoqda.
Ayni şu kunlarda el-yurtimizga xos bölgan mehr-muruvvat, şafqat va saxovat tuyğulari yaqqol namoyon bölib, barçamizni ehtiyojmand, kam ta'minlangan va boquvçisini yöqotgan oilalar, nogironlar, yolğiz keksalarning holidan xabar oliş, ularga moddiy va ma'naviy yordam körsatiş, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni obod qiliş kabi savobli işlarga da'vat etmoqda.
Bunday xayrli amallar mamlakatimizda ijtimoiy hayotning turli sohalarida röyobga çiqarilayotgan, insonni aziz va mukarram deb bilişga, jamiyatimizda qonun va adolat ustuvorligini ta'minlaşga qaratilgan islohotlarimizga har tomonlama uyğun va hamohangdir.
Biz ularning zamirida islom dinining insonparvarlik mohiyati va qudratini köramiz, buyuk ma'naviy meros vorislari ekanimizdan haqli ravişda faxrlanamiz.
Hurmatli vatandoşlar!
Barçangizni Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor çin yurakdan muborakbod etaman.
“Diling – Allohda, qöling – mehnatda bölsin”, degan olijanob e'tiqod bilan yaşayotgan xalqimiz doimo omon bölsin!
Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan xotirjamlik, ahillik, fayz-u baraka heç qaçon arimasin!
Ezgu intiliş va işlarimizda Yaratganning özi hamişa madadkor bölsin!
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev
Özbekistonda Qurbon hayiti 11 avgust kuni nişonlanadi — Rasman











