«Toşkent metropoliteni» Qurbon hayiti bayrami kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro iş vaqti böyiça ma’lumot berdi.

Qayd qilinişiça, 6 iyun – Qurbon hayiti kuni yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida Toşkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tonggi soat 3:00 dan iş faoliyatini boşlaydi. Bundan taşqari, Qurbon hayiti bayrami kunida Toşkent metropoliteni soat 3:00 dan 10:00 ga qadar yölovçilarga bepul xizmat körsatadi.

Şuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan boşqa dam oliş kunlarida quyidagiça tartibda poyezdlar harakati yölga qöyiladi:

- 7 iyun — şanba kuni uçun belgilangan jadval böyiça;

- 8 iyun — yakşanba kuni uçun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat körsatiladi.

Oldinroq Özbekiston musulmonlari idorasi Qurbon hayiti namozining öqiliş vaqtlarini e’lon qilgandi. Unga köra, Toşkent şahridagi jome masjidlarda ertalab soat 5:10 da Qurbon hayiti namozi öqiladi.

Prezident qaroriga köra, aholining Qurbon hayiti bayramini munosib ötkazişi uçun qulay şart-şaroit yaratiş maqsadida 7 iyun, şanba kuni olti kunlik iş haftasi tartibi böyiça işlaydigan xodimlar uçun qöşimça dam oliş kuni etib belgilangan.