Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun milliy kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatladi
Milliy kontent ishlab chiqaradigan, xalqimizning ruhi va qadriyatlarini his etadigan yangi avlodni tarbiyalash soha kelajagi uchun juda muhim, dedi u.
Foto: Videodan kadr
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bolalar uchun milliy kontent yaratuvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kerakligini ta’kidladi.
«Bolalar uchun milliy kontent yaratish avvalo yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashdan boshlanadi. Chunki milliy kontent ishlab chiqaradigan, xalqimizning ruhi va qadriyatlarini his etadigan yangi avlodni tarbiyalash soha kelajagi uchun juda muhim.
Yaqinda «Renessans» bolalar oromgohida tashkil etilgan ijodiy muloqot va mahorat darslari yosh iste’dodlar hamda soha mutaxassislari o‘rtasida ijodiy ko‘prik vazifasini o‘tadi. Professionallar o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi, yoshlar esa kreativ g‘oya va loyihalarini taqdim etishdi.
Bunday samarali va ilhomlantiruvchi loyihalarni mamlakatimizning turli hududlarida muntazam o‘tkazib borish zarur. Chunki yurtimizda haqiqiy iste’dodlar ko‘p, ularga imkoniyat va yo‘l ko‘rsatadigan ustozlar kerak», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Mavzuga oid
11:02 / 20.01.2026
Saida Mirziyoyeva 2026 yilgi «Insoniy birodarlik» mukofoti sovrindorlarini tabrikladi
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
11:47 / 03.01.2026
“Prezidentga haqiqatni yetkazadigan ko‘z va qo‘llar kerak” – Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi vazifalari haqida
17:28 / 02.01.2026