Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, Ozarboyjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi o‘rtasida erishilgan tinchlik kelishuvi hatto uzoq yillar davom etgan murakkab nizolarni ham hal etish mumkinligini yaqqol namoyon etdi.
Shuningdek, u 2026 yilgi mukofot sovrindorlaridan Zarqa Yaftalini alohida tilga olib, uning qizlarning ta’lim olish huquqini himoya qilish borasidagi ko‘p yillik faoliyati izchil va qat’iyatli sa’y-harakatlar orqali insonlar taqdiri va butun hamjamiyatlar kelajagini o‘zgartirish mumkinligini ko‘rsatishini bildirdi.
Mirziyoyeva fikricha, tinchlik ham, qizlarning ta’limga bo‘lgan huquqlari ham jamiyatlarning barqarorligi va taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muhim qadriyatlar hisoblanadi.











