Jahon | 07:34 / 27.02.2026
7442
2 daqiqa o‘qiladi

Tabiatning eng go‘zal kadrlari: WNPA 2026 g‘oliblari e’lon qilindi

World Nature Photography Awards (WNPA) tanlovi tashkilotchilari 2026 yil g‘oliblarini e’lon qildi. Asosiy mukofot - «Tabiat fotosurati bo‘yicha yil suratchisi» - avstraliyalik Jono Allenga nasib etdi: u oq kit va uning bolasi tushirilgan hayratlanarli portret uchun ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Foto: Jono Allen

Tanlovda olti qit’adagi 51 mamlakatdan mualliflar ishtirok etib, yovvoyi tabiatning minglab ta’sirli kadrlarini taqdim qildi.

Mukofotning hamta’sischisi Adrian Dinsdeyl har yili tanlov ko‘lami kengayib borayotganini, shu bilan birga taqdim etilayotgan ishlar xilma-xilligi va saviyasi ham ortib borayotganini ta’kidladi. 2020 yilda ta’sis etilgan ushbu mukofotning maqsadi faqat tabiatning eng yaxshi suratlarini ommalashtirish emas, balki odamlarni atrof-muhit bilan yanada chuqurroq bog‘lanishga ilhomlantirishdan ham iborat.

Fotosuratchilar 14 ta nominatsiyada bahslashdi. Har bir kategoriyada hakamlar hay’ati uchta sovrinli o‘rinni — oltin, kumush va bronzani topshirdi. Jami 42 ta ish taqdirlandi, shular qatorida Allenning bir surati ham bor: u eng kuchli raqobat kechadigan nominatsiyalardan biri — «Suvostida suratga olish» yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

2026 yil g‘oliblari e’lon qilinishi bilan birga, rasman WNPA 2027 tanloviga arizalar qabul qilish ham ochildi. Fotosuratchilar o‘z ishlarini 2026 yil 30 martgacha topshirishi mumkin. Tanlov haqidagi to‘liq ma’lumot va qoidalar tanlov saytida keltirilgan.

Отабек Матназаров
Muallif Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid