Şotlandiyaning yovvoyi tabiatni muhofaza qiliş jamğarmasi uzoq Handa oroliga “menejer” izlamoqda. Bu orolda odamlar yaşamaydi, lekin u Yevropadagi eng muhim dengiz quşlari koloniyalaridan birining maskani sanaladi, deb xabar berdi New York Post naşri.
Nomzodga turar joy va’da qilinmoqda. Er-xotinlar ham bu örniga ariza topşirişi mumkin: vazifalarni özaro taqsimlaş imkoni böladi. Maoşi yiliga 31 ming dollar miqdorida.
Iş uçun maxsus könikmalar talab qilinmaydi. Haydovçilik guvohnomasiga ega bölgan, tabiatşunoslikni yaxşi tuşunadigan mas’uliyatli odam qidirilyapti. Böş iş örni tavsifiga köra, “menejer” orolni “samarali boşqarişi” kerak: işçi dasturlarni taşkil etiş uçun javob beradi va köngillilarni nazorat qiladi. Bundan taşqari, u taşrif buyuruvçilarni kutib olişi kerak böladi: Handada doimiy aholi bölmasa-da, yiliga örtaça 8 mingga yaqin sayohatçi orolga keladi.
Orolda oziq-ovqat sotib oliş, kiyim-keçak yuviş yoki bank kartasidan pul yeçib oliş imkoniyati yöq: bu ehtiyojlar uçun Şotlandiya yovvoyi tabiatni muhofaza qiliş jamğarmasi menejerning har hafta yaqin atrofdagi qişloqqa borib kelişi uçun şaroit yaratişni rejalaştirmoqda.












