Merkel qariyb 16 yil davomida öz mamlakati hukumatiga rahbarlik qilib, Germaniya va Yevroittifoqni ittifoq konstitutsiyasi qabul qilinişi, Gretsiyadagi inqiroz, migratsiya inqirozi, breksit, Trampning prezidentligi va nihoyat pandemiyadan olib ötdi.

U darhol ketmaydi: yangi hukumat şakllantirilişiga oylar ketişi mumkin. Ammo an'anaga köra yangilarga meros bölib qolmasligi uçun iste'foga ketadigan kabinet heç qanday strategik qaror qabul qilmaydi.

Dunyodagi yetakçi naşrlar Merkelni dunyodagi eng ta'sirli ayol deb ataşdi, AQŞda Donald Tramp prezidentligida esa - u «erkin dunyoning yangi yetakçisi» sifatida körildi.

Közga taşlanmagan yulduz
Merkel - Germaniyada hukumat rahbari bölgan ilk ayol. Kanslerlik lavozimida böliş davomiyligi böyiça u allaqaçon Konrad Adenauerni ortda qoldirgan va yana bir neça oy lavozimda qolsa, Gelmut Kolga yetib olişi mumkin – bular uruşdan keyingi va Merkelgaça bölgan davrdagi Germaniyani ifodalovçi kanslerlardir. Barçadan köp vaqt kanslerlik qilgan şaxs esa Otto fon Bismark bölgandi.

Şu bilan birgalikda, Merkel Adenauer va Koldan farqli ravişda öz ixtiyori bilan ketmoqda.

Merkel ketişi haqida uç yil muqaddam e'lon qilganiga qaramay, u umuman «çöloq ördak» (bu atama saylangan lavozimdagi şaxsning vazifasidan ketişi va ortiq saylovçilari oldida mas'ul emasligini ifodalaydi) bölgani yöq. Nemis matbuoti tomonidan «Mutti» (Ona) deb alqangan siyosatçi mamlakatdagi eng katta ta'sirga ega şaxs bölib qolaverdi.

Yoş Angela Merkelni nemis siyosatidagi zubr bölmiş, kansler Gelmut Kol qöllagan. U Angelani "mening qizim" deb atagan. 1990 yilda Merkel birlaşgan Germaniya bundestagi deputati böladi, 1991 yilda esa vazirlikka tayinlanadi.

Köplab nemislar Merkelsiz Germaniya qanday bölişini şunçaki tasavvur qila olişmaydi, kansler lavozimiga nomzodlar: sotsial-demokratlar yetakçisi, vitse-kansler Olaf Şoltz, Merkel partiyasi – XDI yetakçisi Armin Laşet va yaşillar vakili Annalena Berbok - ularning barçasi saylovoldi kampaniyasi davomida Merkel olib borgan siyosatni davom ettiruvçi voris sifatida körsatişga urinişdi. Sörovlarga köra, hozirça Şols nemislarni köproq işontira olgan.

Merkel heç qaçon vatandoşlarini jozibali şiorlar bilan maftun etişga urinmagan, omma kayfiyatini bir lahzada kötarişga harakat qilmagan, radikal islohotlarga qöl urmagan. U deyarli har doim zerikarli siyosat olib borar, murosa yöllarini izlar, işontirar, bosim qilar va örni kelganda çekinardi. Bu esa qat'iy qadamlar taşlaş tarafdorlarini juda ğazablantirardi (masalan, mamlakatdagi radikal yaşillar yoki Rossiyadan xavfsirovçi şarqiy yevropaliklarni), ammo u öz uslubi bilan mamlakatdagi deyarli barça yetakçi siyosatçilar hamda nemis saylovçilarining aksar qismini öz tomoniga oğdirib olgan.