O‘zbekiston | 18:40 / 29.06.2017
23663
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ilk bor AQShdagi nufuzli universitet fakulteti ochiladi

Foto: TATU

Joriy yilning 27 iyun kuni AQShning Vebster (Webster) universiteti vitse-prezidenti Piter Maher Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tashkil etilgan uchrashuv davomida har ikki Universitetlar o‘rtasida imzolangan Memorandum bandlarini bajarish maqsadida, Webster  universitetining xalqaro ta'lim dasturi asosida TATUda fakultet tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Boshlang‘ich muzokaralar natijasida, “Axborot texnologiyalari (Informatika, Kiberxavfsizlik)”, “Media kommunikatsiya (Televizion texnologiyalari)” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat dasturini o‘quv jarayoniga tadbiq etish yuzasidan kelishib olindi.

28 iyunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida AQShning Webster  universiteti ta'lim ishlari, xalqaro kampus va tashabbuslar bo‘yicha vitse-prezidenti Piter Maher bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Webster  universiteti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetlari o‘rtasida AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi. Xususan, birgalikda talabalar uchun ta'limiy va talaba almashinuv dasturlarini, shuningdek ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilishda istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Webster  universiteti bilan hamkorlik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro standartlar asosida soha mutaxassislarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

Mavzuga oid