O‘zbekistonda 18–30 yosh oralig‘idagi xotin-qizlarni – ular OTMni tugatganmi-yo‘q, bu ahamiyatsiz – ish beruvchilar unchalik ham xush ko‘rmaydi.

Sababi oddiy: ular yaqin orada farzandli bo‘lsa, baribir homiladorlik va tug‘uruq, undan keyin bola parvarishlash ta'tiliga ketishadi. Bunday xodimga esa homiladorlik va tug‘ish hamda bola parvarishlash ta'tili uchun nafaqa to‘lashga to‘g‘ri keladi. Yana yangi xodim topish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi.

Davlat tashkilotlarida ishlaydigan xotin-qizlar uchun budjetdan homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa pullari ajratiladi. Lekin xususiy sektorda ishlaydigan xotin-qizlarga «dekret puli» ish beruvchi zimmasiga yuklatilgan. Bu esa xodimga «dekret puli» berish rahbarning insofiga bog‘liq bo‘lib qolishini anglatadi.

Mehnat qonunchiligini yaxshi tushungan va hurmat qilgan rahbarlar homiladorlik va tug‘ish nafaqasini berishdan qizg‘anmaydi, lekin bunday bo‘lmagan ish beruvchilar yo‘q deb hech kim ayta olmaydi.

9 yoshgacha bolalarning 30 foizi kambag‘al oilalarda yashaydi — YUNISEF

YUNISEF 2020 yilda e'lon qilgan hisobotida ta'kidlaydi: onaga nafaqa to‘lash mas'uliyati ish beruvchiga yuklanishi – reproduktiv yoshdagi ayollarni ishga yollashga to‘sqinlik qiladi va nafaqat shu ayollarning, balki umuman yosh oilalarning zaifligini oshiradi.

Xalqaro tashkilot tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda 9 yoshgacha bo‘lgan bolalarning taxminan 30 foizi va 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 24 foizi aholining eng kambag‘al qatlamlariga mansub oilalarda yashaydi.

Demakki, yosh oilalarda onaning farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishi va bu muddatda daromadsiz qolishi oilaning moddiy jihatiga ham ta'sir qiladi.

Budjet tashkilotlarida «dekret puli» – homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa qancha?

Moliya vazirligi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilda budjet tashkilotlarida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘langan homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar bir xodimga o‘rtacha 4,5 million so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

Jami 111 513 nafar xodimga 507,9 mlrd so‘m homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar to‘langan.

2020 yilning 10 oyida esa 106 355 nafar xodimga 507,2 mlrd so‘m to‘lab berilgan. Bu yil