«2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratiş mexanizmlarini takomillaştiriş va aholining uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Farmonga muvofiq, dastur doirasida subsidiyalar tölaşning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritildi:

- subsidiyalar ajratiş yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024 yilning 15 mayidan 1 noyabriga qadar qabul qilinadi (oldin yil böyi qabul qilinardi);

- 2024 yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar böyiça foiz tölovlarining bir qismini qoplaş uçun subsidiyalar – 12 foizdan oşgan qismiga, 2025 yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar böyiça esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oşgan qismiga tölanadi; 

Birlamçi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib oliş uçun ajratilgan ipoteka kreditlari böyiça dastlabki badalning bir qismini qoplaş uçun subsidiyalar – 2024 yilgi Dasturdan boşlab qat’iy belgilangan 30 million söm miqdorida tölanadi.