Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Xitoyning Şanxay şahriga taşrif davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qöllab-quvvatlaş va himoya qilişda muhim rol öynaydigan uçta muassasa tajribasini örgandi.
Agentlik direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva bu haqda öz sahifasida yozib qoldirgan postida uşbu muassasalarning yutuqlari haqida aytib ötgan.
Ma’lum qilinişiça, Şanxay Bolalar tibbiyot markazi pediatriya, bolalar jarrohligi va nogiron bolalarni reabilitatsiya qiliş böyiça erişgan yutuqlari bilan ajralib turadi, Ulitsyao mavzesidagi Voyaga yetmagan bolalarni himoya qiliş markazi esa qiyin vaziyatlarga tuşib qolgan bolalarning hayotini yaxşilaş uçun kuraşadi va oilalarini qöllab-quvvatlaş ustida iş olib borilmoqda.
Şanxay reabilitatsiya uskunalari körgazma markazi nogironlar va keksalar uçun ularni reabilitatsiya qiliş va soğliğini saqlaşga qaratilgan keng turdagi yordamçi uskunalarni taqdim etadi. Uşbu markaz imkoniyati çeklangan odamlar hayot sifatini yaxşilaydigan vositalardan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişida muhim rol öynaydi.
«Bu kabi muassasalarning tajribalarini örganiş orqali adolatli va inklyuziv jamiyat qura olişimizga işonçimiz komil», degan agentlik direktori birinçi örinbosari.





Ijtimoiy himoya milliy agentligi şu kabi muassasalar bilan hamkorlikni davom ettirişi va bu yönalişdagi sa’y-harakatlarni köpaytirişi ta’kidlangan.





















