Özbekistonda 112 nafar Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi yaşayapti. Bir yil oldin ularning soni 174 nafar edi.

Eng köpi Toşkent şahrida: 42 nafar faxriy istiqomat qilmoqda. Eng kami Sirdaryo viloyatida: 1 nafar.

Özbekistonning turli viloyatlaridagi faxriylar soni:

- Toşkent şahri – 42 nafar;

- Toşkent viloyati – 16;

- Farğona viloyati – 9;

- Qaşqadaryo viloyati – 8;

- Buxoro viloyati – 6;

- Andijon viloyati – 5;

- Xorazm viloyati – 5;

- Namangan viloyati – 4;

- Navoiy viloyati – 4;

- Samarqand viloyati – 4;

- Surxondaryo viloyati – 3;

- Jizzax viloyati – 3;

- Qoraqalpoğiston Respublikasi – 2;

- Sirdaryo viloyati – 1.

Özbekistonda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilaridan taşqari 5271 nafar mehnat faxriysi ham istiqomat qilyapti.

2024 yilda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining har biriga 20 million söm miqdorida bir martalik nafaqa tölanişi haqida xabar berilgan edi.