Sport | 14:30 / 25.08.2016
22962
2 daqiqa o‘qiladi

Dubaydagi eng yirik futbol maydoni kosa shaklida quriladi (10 surat)

Amerikaning Perkins + Will me'morchilik firmasi tomonidan yaratiladigan Dubaydagi eng yirik futbol maydoni 60 000 muxlisning taftini sovuta olmaydi, albatta, lekin tribunalar va ko‘plab unga tegishli joylardagi optimal haroratni tabiiy yo‘l bilan ushlab tura oladi. Bir qator omillar sabab passiv sovutishga erishish mumkin, ulardan biri stadionning noodatiy kosa shaklida ekanligi bo‘lsa, yana biri - 30 foizli g‘ovakli metall qobiqdan yasalgan panjarali fasad, u havo o‘tishiga yo‘l beradi. Teflon bilan qoplangan yarimshaffof shishali tom quyosh nurining issiqligini kamaytirib, uning 75 foizinigina aks ettiradi. Futbol maydonining tagida hovuz quriladi, bu ham hududni tabiiy sovutishda yordam beradi. 

Dubay amiri Muhammad ibn Rashid nomidagi stadion Al-Avir dahasidagi 120 ming kvadrat metrli ko‘p tarmoqli yangi sport majmuasining markaziy elementi, xolos. Kosa shaklidagi arenadan tashqari, uning hududida 5 000 mashinaga mo‘ljallangan avtomobillar to‘xtash joyi, mashg‘ulot maydonlari, sport zallari, restoranlar, muzey va do‘konlar qurilishi rejalashtirilgan. 

Hozircha shahar ma'muriyati sport majmuasining qurilishiga o‘z roziligini berganicha yo‘q. Rasman ruxsat berilgan taqdirda, stadion 2019 yilda qurib bitkaziladi va BAAdagi eng katta sport maydoni nomini oladi.

 

Mavzuga oid