Samarqandning mashhur nonlari - uni tayyorlashning siri nimada?
Samarqand nonlari… Qadimiy va navqiron shaharning dovrug‘i dunyoga doston ramzlaridan biriga aylanib ulgurgan. U xushta'mligi, to‘yimliligi va o‘zgacha bir chiroyi bilan mashhur.
Biz Samarqand shahrining «Galaosiyo» mahallasida qariyb yarim asrdan beri non pishirish sirlarini avloddan avlodga uzatib kelayotgan xonadonlardan birida bo‘ldik.
Xonadon bekasi Sojida Abdulloyeva bizni mamnuniyat bilan qarshi oldi va non tayyorlash sirlari bilan o‘rtoqlashdi:
— Bu nonni tayyorlashning boshqalardan yashiriladigan hech bir sirli tomoni yo‘q. Shu un, xamirturush, suv, tuz bilan tayyorlanadi. Boshqa hech narsa qo‘shilmaydi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Nonni apparatda 40-50 daqiqada qoramiz. Keyin yana uni qo‘lda mushtlab chiqamiz. Shakl berilib, 12–14 soat davomida issiq xonada tindiriladi. So‘ngra tandirda yopamiz.
Nonning xushta'm bo‘lishi, qizarib bir maromda pishishiga sabab — u gazda emas, mevali daraxtlarning o‘tinida pishirilar ekan.
— Ertalab nonni yopib tandirdan uzib bo‘lgach, yopib bo‘lgach, o‘g‘lim yon-atrofdagi qishloqlarga chiqib o‘tin olib kelib g‘amlaydi, — deydi S.Abdulloyeva.
Qayd etib o‘tish joizki, mazkur xonadon faqat shu kasb orqasidan kun ko‘radi.
— Shu xonadonga kelin bo‘lib tushganimda non yopilardi. Rahmatli turmush o‘rtog‘im bilan birga tayyorlardik. U kishi otasidan o‘rgangan. Mana, hozir o‘g‘lim va kelinim bilan ham ota-kasbni davom ettirmoqdamiz. Bu kasb bilan qizim va kuyovim ham shug‘ullanishadi.
Sojida opaning xonadonida bir kunda 80 dona non yopiladi — tandirga ikki marta. Ayrim paytlar, qo‘shimcha buyurtma bo‘lsagina bundan ko‘proq non yopilar ekan. Bu yerda yopilgan nonlar dunyoning turli davlatlariga ham jo‘natilar ekan.
Kiroyi Samarqand noni 2 kiloga yaqin tosh bosadi. U 6-7 kishini bemalol to‘ydiradi. Ulug‘bek rasadxonasi oldidagi bozorchada bunday nonlarning donasi 7-8 ming so‘mdan sotilmoqda. To‘g‘risi, non sotish uchun sharoit yaxshi emas. Non sotuvchilarning o‘zlari profillardan qo‘lbola boshpana yasab olishgan.
Sojida Abdulloyeva va o‘sha yerda non sotayotgan boshqa novvoylar ham bu joyda mo‘'jaz bozorcha barpo etilishini xohlashayotgani haqida aytib o‘tishdi. Chunki Galaosiyo noni ham Samarqandning o‘ziga xos brendiga aylanib ulgurgan. Yurtimizga, xususan Samarqandga xorijlik sayyohlar tashrifi ortib borayotgan bir paytda Samarqand shahar hokimligi novvoylarning bu istagiga e'tibor qaratsa, yaxshi bo‘lar edi.
Shuhrat Shokirjonov,
Kun.uz jurnalisti
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshi qancha?
Iqtisodiyot | 19:48
-
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
Jahon | 18:55
-
Reytinglar qulamoqda – amerikaliklar Donald Trampning birinchi 100 kunini baholadi
Jahon | 18:45
-
«Biz endigina boshladik». Tramp prezidentligining dastlabki 100 kunidagi yutuqlari bilan maqtandi
Jahon | 18:44
Mavzuga oid

20:00 / 29.04.2025
Samarqandda mayiz yetishtirish va eksport bo‘yicha yirik loyiha boshlanmoqda

23:22 / 25.04.2025
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

11:17 / 25.04.2025