Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi maktablardan birining sinfxonasida ayol bolani quvib, uni urmoqçi bölgani aks etgan video tarqaldi. Tasvirlarda ayol öquvçilarga qarata: “Agar endi qaysi biring öğlimga qölingni uçini tekkizsang, qölingni sindiraman. Oyoğingni tekkizsang oyoğingni sindiraman” degani eşitiladi.
Viloyat maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi ma’lumotiga köra, hodisa 7 aprel kuni Qöşrabot tumanidagi 53-sonli umumta’lim maktabida, birinçi dars soatida sodir bölgan.
Ta’kidlanişiça, 3 aprel kuni tört nafar 1-sinf öquvçilari özaro janjallaşib qolgan. Şu munosabat bilan sinf rahbari ota-onalarni maktabga çaqirgan. Suhbat jarayonida öquvçilardan birining onasi boşqa öquvçiga nisbatan qöl kötargan va tahdid qilgan.
Bolalar ombudsmani uşbu holatni nazoratga olgani, uning söroviga asosan içki işlar organlari hamda ta’lim tizimi mutasaddilari voqeani örganayotganini ma’lum qildi.
“Maktabdagi ta’lim jarayoniga taşqaridan heç bir şaxslarning kirib borişi, öquvçilar jismoniy va ruhiy soğliğiga zarar yetkazuvçi harakatlar qilişi qat’iyan taqiqlangan. Ta’lim muassasasida mas’ullar öquvçi bolalar uçun xavfli va bu kabi nomaqbul vaziyatlarga yöl qöyişi mumkin emas”, – deyiladi ombudsman munosabatida.
Hozirda holat yuzasidan Qöşrabot tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.












