Iqtisodiyot | 08:49 / 25.08.2025
12438
2 daqiqa o‘qiladi

Xonandalar soliq deklaratsiyasi to‘ldirishni boshladi

Soliq qo‘mitasi konsert-tomosha faoliyati vakillari uchun soliq deklaratsiyasini topshirish bo‘yicha joriy etilgan yangi xizmatning dastlabki natijalarini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

30 iyunda ishga tushirilgan xizmat bilan xonanda va ijrochilarga soliq organlariga yillik umumiy daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani soddalashtirilgan tartibda taqdim etish imkoni berildi

Ularning konstitutsiyaviy burchi bo‘lgan — daromad solig‘ini to‘lash majburiyati “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining ma’lumotlar bazasi bilan soliq organlarining axborot tizimi integratsiya qilinishi natijasida soddalashtirildi.

“Konsert-tomosha faoliyati” bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan xonanda va ijrochilar “Soliq” mobil ilovasida shaxsini tasdiqlagach va Face ID’dan o‘tgach, ushbu xizmatdan avtomatik tarzda foydalanishi mumkin.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 18 avgust kuniga kelib 1954 nafar litsenziya egasi soliq deklaratsiyasini topshirgan.

Eng ko‘p deklaratsiya topshirgan top-5 ta hudud:

  • Xorazm viloyati — 294 ta;
  • Toshkent shahri — 291 ta;
  • Buxoro viloyati — 212 ta;
  • Samarqand viloyatida — 207 ta;
  • Toshkent viloyati — 157 ta.

Mavzuga oid