Kun.uz’ga Termiz şahrida joylaşgan 21-maktab öqituvçisidan murojaat kelib tuşdi. Unda pedagoglar konsert uçun bilet sotib olişga majburlanayotgani aytiladi.

Tahririyat ixtiyoriga yuborilgan dumaloq videoda maktab direktori 1 oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan şahar maktabgaça va maktab ta’limi bölimi 15 ta bilet yuborgani, narxi 80 ming sömdan ekani, borişni istaganlar ixtiyoriy kelib tölov qilib olişi mumkinligi, qolgan biletlar esa xodimlar boşiga bölib yuborilişi gapirilgan.

“Xohlovçilar kelib, tölov qilib olib ketasizlar, bölmasa mana şu 15 ta biletni “obşiy” mana şu maktabdagi dars ötadigan ustozlarga bölamiz. Masala, muammo, şikoyatlar bölmasin. Kimda qanday masala bölsa, özimning oldimga kelsin”, – degan direktor.

Ayni maktabda işlovçi pedagog bilet oliş majburiy qilinayotganini bildirdi. “Olasizlar, majburiy deb aytyapti, men direktorman, olasan deb”, – deydi murojaatçi.