Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
726 xo‘jalikda biogaz qurilmalari o‘rnatiladi
Vazirlar Mahkamasining “2017-2019 yillar davrida respublikada biogaz qurilmalari ishlab chiqarish va joriy etishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Savdo-sanoat palatasi saytida joylashtirildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
“Urgut” EIZ hududida xitoylik biogaz qurilmalari ishlab chiqarish va servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan qo‘shma korxona tashkil etish rejalashtirilayotir. Buning uchun “Agrobank” ATB salohiyatli xitoylik hamkorlar bilan muzokaralarni tugallashi, vakolatli idoralar bilan QKni joylashtirish uchun maydonni belgilashi, shuningdek uning tashkil etilishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini (1.11.2017 yilgacha) ta'minlashi darkor.
Loyihaga ilova qilinayotgan 2017-2019 yillar davrida respublikada biogaz qurilmalari ishlab chiqarish va joriy etishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, xususan, amaldagi GOSTlarni qayta ko‘rib chiqish, fermer xo‘jaliklarida qurilmalar qurilishi bo‘yicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish;
• biogaz qurilmalari, asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni ishlab chiqarishlarni tashkil etish va kengaytirish;
• biogaz qurilmalari ishlab chiqarish va joriy etishni rag‘batlantirish, masalan, biogaz qurilmalari sotib olish uchun MB qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan stavkada uzoq muddatli (7 yilgacha) imtiyozli maqsadli iste'mol kreditlari ajratish, ularni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar ro‘yxatini ishlab chiqish va h.k.
Ko‘rsatilgan 3 yillik davrda mamlakatning 726 yirik chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalarini joriy qilish nazarda tutilmoqda.
Loyiha muhokama bosqichida bo‘lib, o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
14:39 / 11.10.2025
Britaniya O‘zbekiston hududlari uchun ustuvor loyihalarni ishlab chiqishda ko‘maklashadi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
15:34 / 10.04.2025
«O‘zbekiston investorlari kuni» yana 7 ta shaharda tashkil etiladi
14:00 / 09.04.2025